Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
17-21
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_2-to’plam_May-2023 19 shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi. Pensiya bilan ta’minlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish o‘z ichiga statsionar-ambulatoriya yo‘li bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirishni, yolg‘iz keksalarga ularning o‘z uyida hamda internat- uylarda xizmat ko‘rsatishni qamrab oladi. Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari, sog‘liqni saqlash organlarining mablag‘lari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan salomatligini tiklash huquqiga ega. Tibbiy yordam olish ham respublikamiz qonunlari bilan aniq va fuqarolar manfaatlariga mos ravishda belgilab qo'yilgan. Misol tariqasida, shuni ta'kidlash mumkinki har bir hududdagi oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punktlari fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy jihozlangan. Yana fuqarolar sog'lig'ini nazorat qilish maqsadida patronaj hizmati ham maxallabay yo'lga qo'yilgan. E'tiborli tomoni shundaki respublikamizda aholi salomatligini saqlashga qaratilgan bir qancha qonunlar ham ishlab chiqilgan, " Aholi sog'liqni saqlash kodeksi" 38-moddasida Jamoat salomatligini saqlash davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jarohatlarlarning oldini olish, barvaqt o‘limni, nogironlikni va kasalliklar yukining sabablarini kamaytirish hamda maxsus xizmatlar ko‘rsatish orqali aholi salomatligi va umr sifatini yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir. Jamoat sog‘lig‘ini saqlashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: keng jamoatchilik ishtirokida jamoat salomatligini saqlash siyosati va dasturlarini ishlab chiqish; jamoat salomatligini bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari loyihalarini rejalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish; jamoat salomatligi holati monitoringini amalga oshirish, tahlil qilish, baholash va manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish; yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar borasida aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan xavf omillarni nazorat qilish; aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va jamiyat salomatligini saqlash dasturlariga jamoatchilikni jalb etish; jamoat salomatligini saqlash dasturlari bo‘yicha sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va turli chora- tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish; aholining zarur tibbiy xizmatlardan teng foydalanishini ta’minlash; jamoat sog‘lig‘i uchun xavf- xatarlarni, favqulodda holatlarni monitoring qilish va ularning ta’sirini kamaytirish; jamoat salomatligini saqlash vazifalarni bajaruvchi tashkiliy tuzilmalar faoliyatining barqarorligini ta’minlash; jamoat salomatligini saqlash sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash; jamoat salomatligini saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish haqida ta'kidlab o'tilgan. Respublika miqyosida har bir korxona, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling