Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1512456
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-21

T A D Q I Q O T L A R
 
jahon ilmiy – metodik jurnali
 
 

http://tadqiqotlar.uz/ 

14-son_2-to’plam_May-2023
 
19 
shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar 
ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi. Pensiya bilan ta’minlanish huquqini beradigan 
yoshga yetgan fuqarolarga davlat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish 
muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
o‘z ichiga statsionar-ambulatoriya yo‘li bilan davolashni, sanatoriy va dam olish 
uylarida sog‘lomlashtirishni, yolg‘iz keksalarga ularning o‘z uyida hamda internat-
uylarda xizmat ko‘rsatishni qamrab oladi. Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa 
asosida qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari, sog‘liqni saqlash 
organlarining mablag‘lari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 
mablag‘lari hisobidan salomatligini tiklash huquqiga ega. Tibbiy yordam olish ham 
respublikamiz qonunlari bilan aniq va fuqarolar manfaatlariga mos ravishda belgilab 
qo'yilgan. Misol tariqasida, shuni ta'kidlash mumkinki har bir hududdagi oilaviy 
poliklinika, qishloq vrachlik punktlari fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 
zamonaviy jihozlangan. Yana fuqarolar sog'lig'ini nazorat qilish maqsadida patronaj 
hizmati ham maxallabay yo'lga qo'yilgan. E'tiborli tomoni shundaki respublikamizda 
aholi salomatligini saqlashga qaratilgan bir qancha qonunlar ham ishlab chiqilgan, " 
Aholi sog'liqni saqlash kodeksi" 38-moddasida Jamoat salomatligini saqlash davlat 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari
shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning yuqumli va yuqumli bo‘lmagan 
kasalliklar, jarohatlarlarning oldini olish, barvaqt o‘limni, nogironlikni va kasalliklar 
yukining sabablarini kamaytirish hamda maxsus xizmatlar ko‘rsatish orqali aholi 
salomatligi va umr sifatini yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir. Jamoat sog‘lig‘ini 
saqlashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: keng jamoatchilik ishtirokida 
jamoat salomatligini saqlash siyosati va dasturlarini ishlab chiqish; jamoat 
salomatligini bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari loyihalarini rejalashtirish, tayyorlash, 
ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish; jamoat salomatligi holati monitoringini 
amalga oshirish, tahlil qilish, baholash va manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish
yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar borasida aholi salomatligiga zararli ta’sir 
ko‘rsatadigan xavf omillarni nazorat qilish; aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish maqsadida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va jamiyat 
salomatligini saqlash dasturlariga jamoatchilikni jalb etish; jamoat salomatligini 
saqlash dasturlari bo‘yicha sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va turli chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish; aholining 
zarur tibbiy xizmatlardan teng foydalanishini ta’minlash; jamoat sog‘lig‘i uchun xavf-
xatarlarni, favqulodda holatlarni monitoring qilish va ularning ta’sirini kamaytirish; 
jamoat salomatligini saqlash vazifalarni bajaruvchi tashkiliy tuzilmalar faoliyatining 
barqarorligini ta’minlash; jamoat salomatligini saqlash sohasini malakali kadrlar bilan 
ta’minlash; jamoat salomatligini saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga 
ko‘maklashish haqida ta'kidlab o'tilgan. Respublika miqyosida har bir korxona, 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling