Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
17-21
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_2-to’plam_May-2023 18 davlat siyosatini amalga oshirish; sog’liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablag’ bilan ta’minlanishini; Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas", - deyiladi Konstitutsiyaning 39-moddasida. "Ijtimoiy ta`minot" atamasi davlat tomonidan yaratib beriladigan, insonlarning hayotiy faoliyati uchun zarur ehtiyojini moddiy tomondan qondirish uchun moddiy va boshqa ijtimoiy himoya qilish tushuniladi. Bular sirasiga pensiya, nafaqa va ijtimoiy nochor fuqarolarni pul va shunga o`xshash shakllardagi moddiy ta`minotlar bilan ta`minlash kiradi. Yangi tahrirdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bir qator moddalarda fuqarolar tibbiy ijtimoiy yordamdan foydalanishlari haqidq yanada yorqinroq berilgan, 46-modda. Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas. 48-modda. Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Ushbu qonunlar yangi Konstitutsiyamizda fuqarolar tibbiy ijtimoiy himoyasini yanada mukammal belgilab qoyilgan. Ijtimoiy tibbiy yordam berish maqsadida hozirda juda katta ishlar olib borilmoqda buning misolini maxalla kesimida ko'rishimiz mumkin. Hozirda temir daftar, ayollar daftariga kirganlar, yoshlarga maxalla tomonidan turli yordamlar pul yoki ro'zg'or buyumlari ko'rinishida tarqatilmoqda. Ijtimoiy yordamga muxtoj oilalarga davlat tomonidan hokimiyat, maxalla orqali ehtiyojlari qondirilmoqda.Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalar va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, dori vositalari, protez- ortopediya moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanish, shuningdek kasbiy tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga ega. Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda bepul tibbiy-sanitariya yordamini olish, uyda parvarish qilinish huquqiga, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar, surunkali ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar esa nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar uchun mo‘ljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega. Nogironligi bo‘lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling