Qabul qildi: Qobulova n


Download 0.94 Mb.
Sana26.11.2020
Hajmi0.94 Mb.
#153151
Bog'liq
Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiya fakulteti MTMICHJA yo`nalishi 4-kurs 191-16-guruh talabasi Abdujabborov Samidullo

Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiya fakulteti MTMICHJA yo`nalishi 191-16-guruh talabasi Abdujabborov Samidulloning Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan MUSTAQIL ISHI

Qabul qildi: Qobulova n.

Mavzu: HFX muammolarini o`rganishga katta hissa qo`shgan jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy amaliy ishlari

DASTLAB: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI va XAVFSIZ SHAROIT haqida

  • Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.

Hayot faoliyatbu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo’ladi va shu bilan birga har doim uni o’rab turgan muhitga bog’liq bo’lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o’zini o’rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.

Atrof-muhitinsonni o’rab turgan muhit bo’lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to’g’ridan to’g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.

Inson va atrof-muhit uzluksiz o’zaro ta’sirda bo’lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o’zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o’sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o’zgardi. Atrof-muhit o’zgardi: inson o’zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o’sib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo’ldi.

Axmad al Farg`oniy

Axmad al Farg`oniy

ⅠХ asrda yashab arab tilida etgan al Farg`oniy (taxmin. 798-865) zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografigi edi. Uning to`liq ismi Abulabbos Axmad ibn Muhammad Kasir al Farg`oniy. U xalifa Horun ar Rashid (986-809) topshirig`iga binoan Bog`dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchilik qiladi. Rasadxona qoshida uning rahbarligida astronomiya maktabi tashkil etiladi.

Bu yerda Axmad Farg`oniyga zamondosh olimlar vа shogirdlari bilan faoliyat olib bordi. U Astronomiya asosi, Samoviy harakatlar va Yulduzlar haqidagi fan nomli asarlar yozdi. Uning o`z zamonasida Astronomiya asosi nomli asari astronomiya bilimining o`ziga hos aosi hisoblangan va u ХV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida yevropa astronomlari uchun qo`llanma va dastur bo`lib xizmat qilgan.

Aristotel (Arastu) o`z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. Y Aleksandr Makadoniskiyning ustozi ham edi. Arastu faylasuf Suqrot huzurida 20 yilga yaqin ta`lim oldi. Aflotun vafot etgandan so`ng Aristotel uning ta`limotini rivojlantirdi. Uamalda inson duch keladigan muammolar bilan qiziqar edi. Aql qay tarzda ishlaydi Haqiqat qayerdayu yolg`on qayerdaligini qanday ajratish mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq kabi savollar berardi. Arastu atrof-muhitni kuzatgan va dalil to`plagan holda bu savollarga javob izlardi. U har bir hodisa o`zining mantiqiy izohiga ega deb bilardi va tadqiqotlar hamda kuzatishladan hukm chiqaradigan olimlar qatorida edi.

Aristotel (Arastu) o`z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. Y Aleksandr Makadoniskiyning ustozi ham edi. Arastu faylasuf Suqrot huzurida 20 yilga yaqin ta`lim oldi. Aflotun vafot etgandan so`ng Aristotel uning ta`limotini rivojlantirdi. Uamalda inson duch keladigan muammolar bilan qiziqar edi. Aql qay tarzda ishlaydi Haqiqat qayerdayu yolg`on qayerdaligini qanday ajratish mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq kabi savollar berardi. Arastu atrof-muhitni kuzatgan va dalil to`plagan holda bu savollarga javob izlardi. U har bir hodisa o`zining mantiqiy izohiga ega deb bilardi va tadqiqotlar hamda kuzatishladan hukm chiqaradigan olimlar qatorida edi.


Arastu o`z maktabiga asos soladi va uni Letseum deb nomlaydi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab o`tish imkoniyatini bilish yo`li bilan olamda o`z o`rnini egallashi mumkinligiga ishontirishga urinadi.

Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, zoologiya, poeziya, notiqlik san`ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq odob ilmlari bo`yicha 400 ga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahondagi olmlar yuzlab yillar mobaynida o`qib o`rganishmoqda.


Abu Nasr al Farobiy

Abu Nasr al Farobiy

Abu Nasr Farobiy(873 - 950) Sirdaryo bo`ida joylashgan Farob (O`tror) shahrida sipoxiy (harbiy kishi) oilasida tavallud topgan. Buxoro va Samarqand shaharlarida taxsil oldi. So`ng o`z bilimini oshirish maqsadida Bog`dodga bordi va umrining ko`p qismini (40 йил) o`sha yerda o`tkazdi. U 941-yildan Damashqda, 941-950- yillari Misrda yashadi. U jahon faniga, xususan falsafa, matematika, fizika, kimyo, tilshunoslik, musiqashunoslik kabi fanlar rivojiga hissa qo`shgan. Olim 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan, ularning ayrimlari o`zbek, qozoq, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Farobiyning qabri Damashq shahrida.

Abu Rayhon Beruniy

Abu Rayhon Beruniy

Urgench shahrida yashab ijod qilgan mutaffakkir olim Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 ) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug`ilgan. U dastlab Urganch shahrida ta`lim oldi. Uning yoshligida ilm-fanga qiziqish kuchli bo`lgan va shu sababli 17 yoshligidan boshlab astronomik kuzatish ishlarini olib borgan. Mamlakatda kuchayib ketgan o`zaro feodal urushlar oqibatida olim o`z kuzatishlarini davom ettira olmadi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi.


So`ngra xorazmshoh Ma`mun saroyida ijod qildi . Yili Mahmud G`aznaviyning talabi bilan G`azna shahriga bordi va umrining oxirigacha shu shaharda ijod qildi. U astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, javharshunoslik (javharshunoslik) va boshqa fanlarni o`rgandi.

U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlariga oid 154 ta ilmiy asar yozdi. Dastlabki globusni ixtiro qildi.


Abu Ali ibn Sino

Abu Ali ibn Sino

Ulug` mutaffakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Buxzoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Uning asl ismi Husayn ibn Abdulloh. Besh o`n yoshlarida maktabda ta`lim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an Natiliydan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o`rgandi. U aosan tabobat ilmiga qiziqar edi. Osha vaqtda uni Husayn deb atagan bo`lsalar, sharqda Shelxurrais, g`arbda Avitsenna, arablar esa Abu Ali Alhusayn ibn Abdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar edilar.


10 yoshidayoq arab tilini mukammal bilib olgan ibn Sino 16 yoshida ulug` hakim va 18 yoshida sharqning buyuk olimi bo`lib tanildi.

Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida , ya`ni1002 yilgacha Aristotel asarlaridan falsafani, Evklid asarlaridan geometriyani, Ptolomey asarlaridan astronomiyani zo`r qunt bilan o`rgandi. Bunga ibn Sino samoniylar davlatining amiri Nux ibn Mansurni muvaffaqiyatli davolaganligi tufayli amir o`sha vaqtlarda Sharqda tengi yo`q darajada boy kutubxonasidan shu asarlardan foydalanishga ruxsat berganligidan va u ana shu asarlarni qunt bilan o`rganganligi sabab bo`ldi.



Biroq ibn Sinoning Buxorodagi ijodiy faoliyati uzoqqa cho`zilmadi, chunki bu vaqtda somoniylar sulolasi o`zining so`nggi kunlarini yashamoqda edi. Mehnatkash xalqni shavfqatsiz ezish, xalqqa quloq eshitmagan soliqlar solib talash, somoniylarga nisbatan xalqning g`azab nafratini qo`zg`atgan edi. Somoniylar podsholigi xalq madadidan mahrumligidan foydalangan turklar Qoraxoniylar Buxoroni bosib oldi va shu bilan somoniylar hukmronligi inqirozga yuz tutdi.

Xulosa o`rnida: Shuni aytib o`tish joizki, Hayot faoliyati xavfsizligi – bu bizning, har bir insonning yashash tarsi va umri mobaynida yuzaga keladigan turli nojo`ya holatlarga tayyor turish va ularga qarshilik qilish chora tadbirlaridir. Bu fanni o`rganish davomida shuni bildimki, hech qanday xavfsiz faoliyat turi mavjud emas. Har qadamda qandaydir xavf bizga ta`sir qilib qolish ehtimoli bor. Buni qadimda ijod qilib ilm-fan bilan mshg`ul bo`lgan olimlar ham o`z asar va qo`lyozmalarida yozib qoldirib ketishgan. Biz ularni o`rganib o`zimiz va atrofdagilar uchun kerakli bo`lgan xulosalrni olishimiz zarur.

Adabiyotlar: 1. Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi./ Darslik. –T.: “Tafakkur qanoti”, 2015. 2. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik–T.:“Toshkent-Iqtisodiyot”,2014. 3. www.andmiedu.uz 4. www.google.com

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling