Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Mazkur vaziyatda apellatsiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko’rish natijasi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

5. Mazkur vaziyatda apellatsiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko’rish natijasi 
bo’yicha chiqariladigan hujjatning asoslantiruvchi va qaror qismini tayyorlang.
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 
217-moddasiga asosan, sud ishni apellyasiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi 
instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshiradi. Sud 


yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksini 189-moddasining 
3 qismida sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari 
yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining 
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u 
arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi 
deb belgilangan. Bayon qilinganlarga asosan apellyasiya instansiyasi sudi birinchi 
instansiya sudi tomonidan arizani qanoatlantirish haqida to‘xtamga kelib, shoshma-
shosharlik bilan shikoyatni qanoatlantirgan deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi 
MSIYutKning 219-moddasiga asosan apellyasiya instansiyasi sudi apellyasiya 
shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini to‘liq bekor 
qilishga haqli. Birinchi instansiya sudi tomonidan vaziyat to’liq tahlil qilinmasdan
Fermer xo’jaligi yer uchastkalarini zaxiraga olib qo’yish masalasi to’liq 
o’rganilmasdan qanoatlantirilgani uchun birinchi instansiyasi sudi hal qiluv qarori 
bekor qilinadi.
Shuningdek, sud hay'ati davlat boji undirish masalasini muhokama qilib, O‘zbekiston 
Respublikasi MSIYutK 115-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 
yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga ko’ra hal qiladi. 
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi MSIYutKning 219, 220, 221- moddalarini 
qo‘llab, apellyasiya instansiyasi sudi 
Q A R O R Q I L D I : 
Mazkur ish yuzasidan chiqarilgan Muborak tumanlararo ma'muriy sudining 2021 yil 
……dagi hal qiluv qarori bekor qilinsin. 
Arizachi Muborak tuman hokimining apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin 
Apellyasiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ishda ishtirok etuvchi 
shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va 


majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassasiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin. 
Raislik qiluvchi, viloyat sudining raisi: (imzo) ___________________ 
Hay'at a'zolari, viloyat sudining sud'yalari: (imzo) ______________ 
(imzo) ___________ 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling