2-kazus
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
asosan undiruvchi Kariyeva Tamaraning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining
taʼminoti uchun qarzdor Teshayev Mamarayimning
har oyda ish haqi va boshqa
daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi viloyat
boshqarmasi shahar bo‘limi davlat ijrochisining 2022-yil 9-apreldagi “Qarzdorning
O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida”gi qaroriga
asosan Teshayev Mamarayimning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha
cheklab qo‘yilgan.
Arizachi Teshayev Mamarayim tumanlararo maʼmuriy sudga
ariza bilan murojaat qilib,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat
boshqarmasi shahar bo‘limining 2022-yil 9-apreldagi “Qarzdorning O‘zbekiston
Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida”gi
qarorini haqiqiy
emas deb topishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan.
Apellyasiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi instansiya
sudining hal qiluv qarori
bekor qilinib, arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan.
1.
Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang.
2.
Kazusdagi vaziyatda maʼmuriy sudlarda muddatlar va davlat boji masalasini
tahlil qiling.
3.
Kazusdagi vaziyatda birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarining
harakatlariga baho bering.
4.
Kazusdagi vaziyatda davlat ijrochisining harakatlariga baho bering.