Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


  Kazusdagi vaziyatda birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarining


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

3. 
Kazusdagi vaziyatda birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarining 
harakatlariga baho bering. 
Birinchi instansiya sudining harakatlariga baho beradigan bo’lsak, arizachi 
Teshayev Mamarayim tomonidan tumanlararo ma’muriy sudga davlat ijrochisining qarorini 
haqiqiy emas deb topishni so’rab murojaat qilgan. Ma’muriy organ mansabdor 
shaxslarining harakatlari, qarorlari ustidan Msyutk ning 4-moddasi asosan manfaatdor shaxs 


hisoblanuvchi Teshayev o’zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun 
bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga murojaat qilishga 
haqli. O’z navbatida sud ham ariza kelib tushgandan e’tiboran besh kundan kechiktirmay 
arizani ish yuritishga qabul qilish to’g’risidagi masalani yakka tartibda ko’rib chiqadi. 
Ko’rinib turibdiki, birinchi instansiya sudi ishni ish yuritishga qabul qilib, ushbu ish 
yuzasidan arizachining talablarini qanoatlantiruvchi hal qiluv qarori chiqargan. Aslini 
olganda, yuqorida aytib o’tilganiday O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zb.Res. 
Bosh Prokraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 
qarorining 3-bobiga asosan davlat ijrochisi sud hujjatlarining bajarilishini ta’minlash 
maqsadida qardorning chet elga chiqish huquqini vaqtincha cheklash huquqiga ega. Ushbu 
holatda ham davlat ijrochisi sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida shunday qaror 
qabul qilgan. Birinchi instansiya sudi esa ishning holatlarini to’liq o’rganib chiqmasdan 
arizachining talabini qanoatlantirgan. Apellatsiya instansiyasi esa ishni qayta ko’rib chiqish 
asnosida birinchi instansiya sudining qarorini bekor qilmoqda. Aytib o’tish kerakki, 
Msyutkning 217-moddasida apellatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudining hal qiluv 
qarorini to’liq hajmda tekshirib chiqishi shartligi belgilangan. 219-moddada esa Apellatsiya 
instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha: 
1) sudning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga; 
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga; 
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga 
yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga; 
5) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari 
to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi to’g’risida asos mavjud bo’lgan 
taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko’rish uchun yuborishga; 
6) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi to’g’risida asos 
mavjud bo’lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga 
taalluqligi bo’yicha boshqa sudga yuborishga haqli ekanligi belgilab qo’yilgan.
Ushbu qoidalarga muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudi tominidan hal qiluv qarori 


bekor qilingan, lekin yuqoridagi moddaning 2-bandiga muvofiq yangi qaror qabul qilmagan 
yoki 4-bandga ko’ra ish yuritishni tugatish yoxud arizani to’liq yoki qisman ko’rmasdan 
qoldirish masalasini ham hal etmagan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling