Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki himoya choralari
2.
Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining harakatlarini tahlil qiling. 3. Maʼmuriy sudlarda qo‘llaniladigan dastlabki himoya choralari turlarini amaliy misollar yordamida tahlil qiling. 4. Maʼmuriy sudlarga taalluqlilik va tegishlilik masalasini misollar yordamida tushuntirib bering. 5. Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 1. Taalluqlilik- nizoning mazmuni va uni hal etuvchi subyektning vakolatlaridan kelib chiqib, shu nizoni qaysi vakolatli subyekt tomonidan hal qilinishini belgilab beruvchi protsessual mezon sanaladi. Demak avvalo biz ma’muriy nizo taraflariga e’tibor beradigan bo’lsak bir tarafda fuqaro Qutliyev Qilich va Nurafshon shahar hokimligi o’rtasidagi nizo yuzaga kelganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Arizachi; Qutliyev Qilich Javobgar;Nurashfon shahar hokimyati Talab predmeti:XD Kengashining 2020-yil 5-avgustdagi 07-12/31-sonli qarorining Nurafshon shahri, Birdamlik xiyobonida joylashgan, shahar hokimiyati yonida qurilgan 128,0 kv.metrdan iborat yengil konstruksiyali yozgi qahvaxona pavilonini buzish qismini haqiqiy emas deb topish. Ushbu kazusga javob berish davomida , ushbu muammoli vaziyat ma’muriy sud ish yurituviga taalluqlimi yoki yo’qmi shuni aniqlashimiz lozim bunda biz MSIYUTKning 27- moddasiga asoslanamiz. Uning 2-bandiga binoan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriyhuquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi masala ma’muriy sudga taalluqli. Va XDKning 07-12/31-sonli qarori ham Mahalliy davlat hokimyati to’grisidagi qonuning 23-moddasidagi vakolatlari doirasida va bu qaror qonuniy ya’ni vakolatlari doirasidan chetga chiqmaganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. 2. Yuqoridagi masalaga e’tibor beradigan bo’lsak tadbirkorning Nurafshon shahridagi qahvaxonasi hokimyat tomonidan buzishga 2020-yil 5-avgustdagi 07-12/31-sonli qabul qilingan qarorning ustidan shikoyat qilib ma’muriy sudga bu qaror ustidan shikoyat asosida ish qo’zg’atilgan. 127-modda 1-qism asosida ya’ni manfaatdor shaxsning ariza yoki shikoyati asosida qozgatilganiga guvoh bo’lamiz bu holatda arizachi dastlabki himoya chorasini qo’llashni ham so’rashi mumkin. Birinchi instansiyada arizani 5kunlik muddat ichida qabul qilishadi. MSYITKning 17- moddasida belgilanganidek 1- instansiya sudlari tumanlararo sud hisoblanadi va bizning holatimizda Nurafshon tumanlararo sudi mazku vazifani bajarib beradi va yakka tartibda ko’rib chiqiladi. Qonunchilik bilan ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib, hal etilishi belgilangan ishlar muayyan mezonlar bo‘yicha yo birinchi instansiya sudlarida, yo o‘rta bog‘in sudlarida yoki Oliy Sudda ko‘rib chiqilishi kerak. Bu esa sud protsessual huquq sohasida sudlovga tegishlilik qoidalari deyiladi. Ma’muriy ishlarning sudlovga tegishliligi haqida gap ketganda sudlovga tegishlilikning 3 ta asosiy turi mavjudligini keltirish o‘rinlidir. Ular quyidagilar: 1. Hudud bo‘yicha tegishlilik; 2. Mazmun bo‘yicha tegishlilik; 3. Arizachining tanlovi bo‘yicha tegishlilik Hudud bo‘yicha tegishlilik. Ma’muriy-huquqiy nizolaning ma’muriy organ joylashgan yerdagi ma’muriy sudlarda ko‘rilishini anglatadi, ya’ni bunda arizachi Toshkent viloyati Nurafshon tumani hokimi tomonidan chiqarilgan qarordan norozilik bilan ma’muriy sudga murojaat qilmoqchi bo‘lsa, ariza Nurafshontumanlararo ma’muriy sudiga berilishi kerak bo‘ladi. Hudud bo‘yicha sudlovga teshishlilikda asosiy mezon javobgar bo‘lgan ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs faoliyat yuritadigan organ joylashgan yerdagi ma’muriy sudga berilishidir. MSIYtK ning 28-moddasi birinchi qismida sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan. Bu esa ma’muriy ishlar dastavval hudud bo‘yicha sudlovga tegishli bo‘lishini anglatadi. Demak bilishimiz mumkinki Nurafshon sudi tomonidan bekor qilingan ammo bu ish appelatsiya tartibida ko’rib chiqilgan hozir esa appletasiya tartibi haqida ozgina fikr yuritamiz Shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish; viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish tartibi amaliyotga kiritilishi kerakligi belgilab berildi. Bungacha bunday bosqichdagi ishlar takroriy kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilar edi. Qaror;Apellatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan qabul qilingan hujjat ishlarni Oliy Sud birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rganida va apellatsiya va kassatsiya instansilarida ish ko‘rilganida) hamda besh nafar(takroriy kassatsiya sifatida ko‘rilganida) sudyadan iborat bo‘ladi. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA oltinchidan, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda. 2020-yil 5-avgustdagi 07-12/31-sonli qarorining tumanlaro sudda bekor qilinagni ustidan yuqori instansiyaga murojat qilingan 3. Dastlabki himoya choralari – ma’muriy sud tomonidan arizachining yoki manfaatida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lganda qo‘llanadigan yoki arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralar ko‘rmay turib, himoya qilish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa ko‘riladigan choralar. Protseesual huquqiy normalarni qo’llash jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan qonunga xilof ishlarni oldini olishga qaratilgan jarayon dastlabki himoya choralas sifatida qaraladi. Bunday choralar jinoyat qonunchiligida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 220-va 236-moddalariga27 ko‘ra “ushlab turish” yoki “ehtiyot choralari” deb yuritiladi. Biroq mu qiyos faqatgina harakatlarning maqsadlaridan kelib chiqib bir biriga nisbatlanishi mumkin. Jumladan, jinoyat protsessual kodeksining 220-moddasiga ko‘ra ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir. Shuningdek, shu kodeksning 236-moddasiga binoan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik; hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Xuddi “ushlab turish” yoki “ehtiyot choralari” labi Ma’muriy sudlarda ham maqsad jihatidan yuqorida keltirilganlarga yaqin turuvchi choralar qo‘llaniladi. Bunday choralar esa Ma’muriy sudlarda “dastlabki himoya choralari” deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 8-bobi (92-98-moddalari) dastlabki himoya choralari haqida bo‘lib, dastlabki himoya choralarini ko‘rish asoslari, qo‘llash va bekor qilish tartibi belgilab qo‘yilgan. Dastlabki himoya choralari tushunchasi boshqa huquq sohalarida boshqacha nom bilan, shu bilan birga boshqacha maqsadlarda qo‘llanganligidan umumiy tushunchalar shakllanmaganligini aytish o‘rinlidir. Xususan, huquqshunos M.Starilovning 28 fikriga ko‘ra, dastlabki himoya choralari bu ma’muriy protsessual huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar bo‘lib, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari buzilishi xavfi yuzaga keladigan vaziyatning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy nizolarni umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan hal qilishda ularning samarali sud-huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qiluvchi choralar sifatida ifodalaydi. Mazkur tushunchaga berilgan ta’rifni murakkabligini hamda uzunligini inobatga olib, quyidagi ta’rifni berish maqsadga muvofiq. Ma’muriy sudlarda dastlabki himoya choralarini qo‘llash uchun sud ishtirokchilari tomonidan iltimosnoma kiritilishi va bu iltimosnomada nima uchun sud dastlabki himoya choralarini qo‘llashi uchun asoslar keltirilgan bo‘lsa, ma’muriy sud dastlabki himoya choralarini qo‘llaydi. MSIYtK ning 92-moddasida sud tomonidan qanday asoslar mavjud bo‘lganida dastlabki himoya choralari qo‘llanishi belgilab qo‘yilgan: Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti” to‘g‘risidagi 2019-yil 24- dekabrdagi 24-son qaroriga29 binoan sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa va bunday choralarni ko‘rmay turib, ularni himoya qilish mumkin bo‘lmagan yoxud qiyin bo‘lgan hollarda dastlabki himoya choralarini ko‘rishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Demak, dastlabki himoya choralarini qo‘llash uchun asoslar qonunchilikka muvofiq bo‘lishi kerak sanalar ekan. MSIYtK ning 93-moddasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan dastlabki himoya choralarining turlari keltirilgan. Ular quyidagilar: Javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash. Bu dastlabki himoya chorasida javobgar shaxs sifatida ma’muriy sudda ishni ko‘rishda taraf sifatida ishtirok etuvchi shaxs shu ish mazmunan ko‘rib, sudning yakuniy hujjati qabul qilingunigacha bo‘lgan vaqt mobaynida sudda ishtirok etishni inkor qiluvchi yoki arizachi va boshqa ishtirokchilarining qonun huquq va majburiyatlariga ta’sir qiluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish ta’qiqlanadi. Bunday harakatlar sirasiga xizmat safarlariga jo‘nab ketish, sudda ko‘rib chiqilayotgan hujjat bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangaan harakatlarni kiritish mumkin. Boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli bo‘lgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash. Ma’muriy sudlarda ish ko‘rilayotgan vaqtda nizoning predmetiga nisbatan muayyan xatti-harakatlar amalaga oshirilishi mumkin. Misol uchun, hokim tomonidan fuqaro A ga uy-joy xususiylashtirib berilgan bo‘lsa, biroq bu uy avvalroq fuqaro B ga qaror bilan mulk qilib berilgan bo‘lsin. Ishda mazkur qarorni haqiqiy emas deb topish yuzasidan ish ko‘rilayotgan paytda nomiga yangi qaror chiqqan fuqaroning uy-joyga ko‘chib kirishi vaqtinchalik taqiqlanadi. Bu esa, dastlabki himoya chorasi sanaladi. Mol-mulkni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish. Jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham mulkdor bo‘lish huquqi qonunchiligimiz bilan belgilab qo‘yilgan. Biroq ma’muriy sudlarda ish yuritilayotganda agar, taraflardan biri muayyan mulkning realizatsiya qilinishini to‘xtatib turish haqidagi dastlabki himoya chorasini qo‘llashni so‘rab iltimosnoma kiritadigan bo‘lsa va bu ishtirokchilarning huquq va manfaatlarini buzishini oldini olishga qaratilsa, dastlabki himoya chorasi sanaladi. Realizatsiya qilish deganda shuni tushunish kerakki, tovarlar(xizmatlar) muayyan haq evaziga boshqa subyektga topshirilishi. Xizmatlarning haq evaziga ko‘rsatilishi, mahsulot bo‘lsa, uning sotilishi realizatsiya hisoblanadi. Demak, agar muayyan mol-mulkni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish haqida ma’muriy sudning ish hujjati qabul qilinsa, mazkur harakat taraflarga nisbatan dastlabki himoya chorasi deb qabul qilinadi. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish. Deylik, ma’muriy sudga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki hokimlik tomonidan qabul qilingan qarorni haqiqiy emas deb topish haqida ariza berilib, mazkur ariza asosida sudda ish yuritilayotgan paytda mazkur hujjatning ishtirokchilarning huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan qismi, agar hujjat to‘liq daxl qilsa, hujjatning to‘liq ijrosi to‘xtatib turilishi nazarda tutiladi. Masalan, tuman hokimi tomonidan bir qator fermer xo‘jaliklari yerlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqidagi qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaroroni haqiqiy emas deb topishni so‘rab ma’muriy sudga shikoyat qilingan. Va sud protsessi davomida qabul qilingan hujjat faqat bir shaxsning huquq va manfaatlariga ta’sir qilsa, hujjatning shu qismi ijrosini to‘xtatib turish haqida ajrim chiqariladi. Agar, ushbu hujjat barcha subyeklarning huquq va manfaatlariga daxl qilsa, hujjatni to‘liq ijrosi to‘xtatib turilishi kerak. Har doim ham bitta dastlabki himoya choralarini qo‘llash orqali shaxslarning to‘liq huqlari va manfaatlari ta’minlanishiga erishilavermaydi. Shuning uchun ham MSIYtK ning 93- moddasida sud tomonidan bir vaqtning o‘zida bir nechta dastlabki himoya choralari ko‘rilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Biroq bunda muhim jihat shundan iboratki, dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos bo‘lishi kerak. Dastlabki himoya choralarini qo‘llash haqida ma’muriy sud ishtirokchilari(taraflar) ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Mazkur iltimosnoma sudga ariza(shikoyat) bilan murojaat qilinayotganida berilishi ham mumkin, ya’ni shikoyat arizasida dastlabki himoya chorasini qo‘llash haqida ham so‘raglan bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Yoki ma’muriy sudda ish yuritish boshlanganidan so‘ng dastlabki himoya choralarini qo‘llash haqida alohida ariza bilan ham murojaat qilinishi mumkin bo‘ladi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, 2018-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instantsiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 15-son Qaroriga binoan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgunga qadar sud dastlabki himoya choralarini qo‘llashga haqli emas. Bunda shaxslar ariza bilan murojaat qiladi, biroq dastlabki himoya chorasini qo‘llash haqidagi sud hujjati ariza ish yuritishga qabul qilinib, ish yuritish boshlanmaguniga qadar chiqarilmaydi- dastlabki himoya chorasi qo‘llanilmaydi. MSIYtK 94-moddasiga binoan agar dastlabki himoya choralarini qo‘llash haqidagi ariza alohida tartibda beriladigan bo‘lsa(yuqorida uning shikoyat arizasi bilan birga, ya’ni shikoyat arizasi tarkibida dastlabki himoya chorasini qo‘llash haqidagi talabi ham kiritilishi mumkinligini aytgan edik), mazkur arizada quyidagilar albatta ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: ariza berilayotgan sudning nomi; taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; talab predmeti; dastlabki himoya chorasini ko‘rish zarurligining asoslantirilganligi; arizachi ko‘rishni so‘rayotgan dastlabki himoya chorasining turi; ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Shuningdek, dastlabki himoya chorasini qo‘llash haqidagi arizada boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Bu esa ishning mazmuni, taraflarning holati, shuningdek ish uchun kerakli bo‘lgan boshqa jihatlardan kelib chiqib belgilanadi. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arizachi tomonidan sudga taqdim etilayotgan bo‘lsa, arizachi tomonidan, agar arizxa arizachining vakili tomonidan sudga tqadim etilayotgan bo‘lsa, arizachining vakili tomonidan 109 imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Boshqa hujjat deyilganda shartnomaviy vakil sifatida ishtirok etuvchi advokatning advokatlik guvohnomasini keltirish mumkin. Agar dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada MSIYtK ning 94-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar, yani dastlabki himoya chorasini ko‘rish zarurligining asoslantirilganligi, arizachi ko‘rishni so‘rayotgan dastlabki himoya chorasining turi, albatta ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. MSIYtK ning 95-moddasida dastlabki himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bayon qilingan. Quyidagi jadvalda bu haqida tahlilga to‘xtalib o‘tiladi Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar MSIYtK ning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Xabardor qilishda quyidagicha tartibda amalga oshirilsa, shaxs sud majlisi haqida xabardor qilingan sanaladi: Agar shaxs dastlabki himoya chorasini boshqasiga almashtirishni ismtimos qilsa, shu masala ko‘rib chiqilayotgan sud majlisiga iltimosnoma kiritgan shaxslar kelmasa, sud majlisi o‘tkazilaveradi. Mazkur sud majlisiga kelmaslik dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Bu masala MSIYtK ning 96-moddasi 3-qismida ham belgilab qo‘yilgan. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xuddi dastlabki himoya choralarini tayinlash to‘g‘risidagi ishda bo‘lgani kabi ajrim chiqarish bilan amalga oshiriladi. Mazkur ajrimdan agar sud ishtirokchilari norizi bo‘lsa, shikoyat qilinishi, prokuror esa protest keltirishi mumkinligini unutmasik kerak. Biroq shikoyat berilgan bo‘lishiga qaramay, mazkur hsikoyat ko‘rib cbiqilayotgan muddat davomida dastlabki himoya chorasini amlashtirish to‘g‘risidagi ajrimning ijrosi to‘xtatilmaydi. 4. Amaliyotda uchrab turgan holatlardan bir shundan iboratki, hozirda ma’muriy sudga taqdim etilgan arizaning dastlabki ko‘rib chiqishda ma’muriy sudga taalluqli ishdek tuyuladi va sudya bu vaziyatda arizani ma’muriy sud ish yurituviga qabul qiladi. Biroq muayyan vaqt o‘tgandan keyin mazkur nizoning ma’muriy sudga taalluqli emasligi aniqlansa, boshlangan ish tugatilishi kerak bo‘ladi. MSIYtK ning 108-moddasida aynan ish yuritishni tugatish asoslari keltirilgan. Shu asoslardan biri esa ish yurutish boshlanganidan keyin nizoning ma’muriy sudga taalluqli emasligi aniqlasa asosi sanaladiMSIYtK ning 108-moddasida ish yuruitishni tugatish asoslari keltirilgan. Mazkur asoslarning biri esa nizoning ma’muriy sudga taalluqli emasligi hisoblanadi. MSIYtK ning 26-moddasi 4-qismida o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozimligi keltirilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, fuqarolik sudlarida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar ham ko‘rilishi mumkin. Fuqaro ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilgan ishi yuzasidan bir nechta talablarni taqdim etishi mumkin. Talab bu- ma’muriy suddan nimani so‘rashingiz, xususan, hujjatni haqiqiy emas deb topish, harakat yoki harakatsizlikni qonunga hilof deb topish va boshqalar. MSIYtK ning 26-moddasi 5-qismida o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirish mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni agar arizachi bitta shikoyat arizasida bir nechta talabni keltigan bo‘lsa, biroq bu talablarning biri ma’muriy sudga, boshqasi iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlar bo‘lsa, bunday mazmundagi ishlar birlashtirilmasdan, ma’muriy sudga taalluqli qismi ma’muriy sudda, iqtisodiy sudga taalluqli qismi esa iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqiladi. Shundan kelib chiqqan holda ma’muriy sudlar tomonidan qanday mazmundagi ishlar ko‘rib chiqilishini o‘rganish asonida fuqarolik hamda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladigan ishlarni o‘zaro solishtirish maqsadga muvofiq. Quyida mazkur uchta sudga taalluqli bo‘lgan ishlar tahlil qilinadi: 11 MSIYtK ning 133-moddasida arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari keltirilgan. Agar sudga taqdim etilgan arizada nazarda tutilgan nizo ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lmasa, sud bunday vaziyatda arizani ish yurituvga qabul qilishni rad etishi kerak bo‘ladi. Amaliyotda uchrab turgan holatlardan bir shundan iboratki, hozirda ma’muriy sudga taqdim etilgan arizaning dastlabki ko‘rib chiqishda ma’muriy sudga taalluqli ishdek tuyuladi va sudya bu vaziyatda arizani ma’muriy sud ish yurituviga qabul qiladi. Biroq muayyan vaqt o‘tgandan keyin mazkur nizoning ma’muriy sudga taalluqli emasligi aniqlansa, boshlangan ish tugatilishi kerak bo‘ladi. MSIYtK ning 108-moddasida aynan ish yuritishni tugatish asoslari keltirilgan. Shu asoslardan biri esa ish yurutish boshlanganidan keyin nizoning ma’muriy sudga taalluqli emasligi aniqlasa asosi sanaladiMSIYtK ning 108-moddasida ish yuruitishni tugatish asoslari keltirilgan. Mazkur asoslarning biri esa nizoning ma’muriy sudga taalluqli emasligi hisoblanadi. 50 Ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladigan ishlarning asosiy xususiyati bunday ishlarda davlat organi(ma’muriy organ)ning ishtirok etgan bo‘lishligidadir. Bunday nizolarda, albatta ikkinchi tomon bo‘lib qaysidir vazirlik, qo‘mita, hokimlik yoki ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan Ma'muriy sud MSIYtK 27-m •idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; •mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi •saylov komissiyalarining xattiharakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi •notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; •davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi; •investitsiya nizolari bo‘yicha; •raqobat to‘g‘risidagi ishlar. 1. Taalluqlilik bu nizoning qaysi vakolatli subyekt tomonidan hal etilishidir. 2. Nizoning ma’muriy sudlovga taalluqligi bu ommaviy-huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarning ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi hisoblanadi. 3. Kodeks bo‘yicha ma’muriy sudlarga 7 ta toifadagi ishlar taalluqli bo‘ladi. 4. Ma’muriy sudlarga taalluqli ishlarni ajratishda ishlarning maznunidan kelib chiqib, bunday ishlarning fuqarolik hamda iqtisodiy sudlarga taalluqli bo‘lish yoki bo‘lmaslik mezonini alohida inobatga olish zarur. 5. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘riladi. 6. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirilmasdan nizoning mazmuniga qarab alohida-alohida sudlarda ko‘riladi. 2-§Ma’muriy ishlarning sudlovga tegishliligi. Qonunchilik bilan ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib, hal etilishi belgilangan ishlar muayyan mezonlar bo‘yicha yo birinchi instansiya sudlarida, yo o‘rta bog‘in sudlarida yoki Oliy Sudda ko‘rib chiqilishi kerak. Bu esa sud protsessual huquq sohasida sudlovga tegishlilik qoidalari deyiladi. Boshqacha aytganda, nizoning ma’muriy sudga taalluqligini aniqlangandan so‘ng xuddi shu nizoni qaysi ma’muriy sud tomonidan ko‘rib chiqilishini belgilovchi qoidalar birlashgan holda sudlovga tegishlilikni tashkil etadi. Ma’muriy ishlarning sudlovga tegishliligi haqida gap ketganda sudlovga tegishlilikning 3 ta asosiy turi mavjudligini keltirish o‘rinlidir. Ular quyidagilar: 1. Hudud bo‘yicha tegishlilik; 2. Mazmun bo‘yicha tegishlilik; 3. Arizachining tanlovi bo‘yicha tegishlilik. Hudud bo‘yicha tegishlilik. Ma’muriy-huquqiy nizolaning ma’muriy organ joylashgan yerdagi ma’muriy sudlarda ko‘rilishini anglatadi, ya’ni bunda arizachi Farg‘ona viloyati Furqat tumani hokimi tomonidan chiqarilgan qarordan norozilik bilan ma’muriy sudga murojaat qilmoqchi bo‘lsa, ariza Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudiga berilishi kerak bo‘ladi. Hudud bo‘yicha sudlovga teshishlilikda asosiy mezon javobgar bo‘lgan ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs faoliyat yuritadigan organ joylashgan yerdagi ma’muriy sudga berilishidir. MSIYtK ning 28-moddasi birinchi qismida sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan. Bu esa ma’muriy ishlar dastavval hudud bo‘yicha sudlovga tegishli bo‘lishini anglatadi. Mazmun bo‘yicha tegishlilik. Ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan ishlarning tegishliligi nizoning mazmunidan hamda ko‘lamidan kelib chiqib belgilanishini ishlarning mazmun bo‘yicha sudlovga tegishliligi deyish mumkin. MSIYtK ning 28-moddasi 2- qismida investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston 53 Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqilishi bayon etilgan. Bundan kelib chiqadiki, investitsiyaviy nizolar hamda raqobat bo‘yicha nizolar mazmun bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in sudlarida yoki Oliy Sudda ko‘rib chiqiladi. Bunday mazmundagi ishlarni bevosita birinchi instansiya sudlari sanalgan tumanlararo ma’muriy sudlar ko‘rib chiqmaydi. MSIYtK ning 29-moddasida davlat siri bilan bog‘liq ishlarining tegishlilik bo‘yicha ma’muriy sudlarda ko‘rilishi belgilangan. Qoida tariqasida davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarida ko‘riladi. Davlat siri bilan bog‘liq ishlarni mazkur sudlar birinchi instansiya sudlari sifatida ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun 1-moddasi12 Mazmun bo‘yicha sudlovga tegishlilikning navbatdagi turida Oliy Sudning sudloviga tegishli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqamiz. MSIYtK ning 30-moddasida Oliy Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar sanab o‘tilgan. Ular quyidagilar: 1. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar. Arizachining tanlovi bo‘yicha tegishlilik. Boshqa sudlardan farqli o‘laroq ma’muriy sudlarda ommaviy- huquqiy nizolar yuzasidan ishlarni ko‘rishda sudlovga tegishlilikning arizachining tanlovi bo‘yicha amalga oshirilishi 3 ta holatda qo‘llanadi: Arizachining tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik qoidasining qo‘llanishi bir tomondan, nizoning samarali hal etilishini ta’minlab bersa, boshqa tomondan sud organiga bo‘lgan ishonchning ham mustahkamlanishiga omil yaratadi. Shuningdek, taraflarning davlat boji bilan bog‘liq harajatlarini qisqartirish imkonini yaratib beradi. Xulosa qilish mumkinki, arizachining tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik qoidasida ishning mazmuni bilan birga javobgarlarning joylashgan hududi muhim ahamiyat kasb etadi. 5. Mazkur ish yuzasidan chiqarilgan Toshkent viloyat Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2021-yil 19-noyabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin va quyidagicha yangi qaror qabul qilinsin: Arizachi Qutliyev Qilich ishonchli vakili advokat Sh.Kasimovaning Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlar palatasi Nurafshon tuman filiali mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topib, javobgarlar zimmasiga Qutliyev Qilichning Toshkent viloyati, Nurafshon tumani, Birdamlik MFY, Navoiy ko‘chasi, 2-uy manzilidagi 12ga yer maydoniga bo‘lgan huquqini yozgi pavilinonin buzish haqidagi dastlabki himoya chora vositalari belgilashni qanoatlantirishdan-rad etilsin.Apellatsiya protsetsi qanoatlantirilsin Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2022-yil 17-fevraldagi hal qiluv qarorini qaytarma ijrosini ta’minlash uchun apellyatsiya instansiyasi sudining mazkur qarori Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi hamda O‘rtachirchiq tuman filialiga yuborilsin. Apellyatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat keltirishi mumkin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling