Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Kazusdagi vaziyatda muddatlar masalasini va birinchi instansiya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
4.
Kazusdagi vaziyatda muddatlar masalasini va birinchi instansiya sudining harakatlarini tahlil qiling. Ushbu kazusda birinchi instansiya sudi protsessual muddatlar o’tib ketganligi uchun arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etgan. Bunda iqtisodiy sudning chiqargan qarori asosida MIB ning xatti-harakatlari ustidan 2021-yilgi qonunchilik bo’yicha Iqtisodiy sudning o’ziga murojaat qilish kerak edi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 133-moddasiga ko’ra, ushbu ariza bo’yicha nizo ma’muriy sudga taaluqli bo’lmaganligi sababli, 2021-yilgi holatni inobatga olib birinchi instansiya sudi arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to’g’risida ajrim chiqarishi kerak edi. Ammo, 2023-yilgi qonunchilikdagi o’zgarishga ko’ra, hozirda 27 3 -moddaga binoan talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ma’muriy sudga taqdim etilgan bo‘lsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi. 5. Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. Ajrim (Ish yuritishni tugatish to’g’risida) … Aniqladi: Arizachi “FAVORIT” MCHJ rahbarining vakili Axmedova Barno sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochisi 2021-yil 26- iyundagi “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida”gi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi Kodeksining 27-moddasi, birinchi qismi, 2-bandiga ko’ra, ma’muriy sudlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni hal etadi. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 86 1 -moddasiga ko‘ra, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga, qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkinligi belgilangan. Iqtisodiy sudning chiqargan qarori yuzasidan Majburiy Ijro Byurosi mansabdor shaxsining amalga oshirgan xatti-harakati yoki chiqargan qarori ustidan iqtisosdiy sudga shikoyat qilish mumkin. Ushbu nizo ma’muriy sudning ish yurituviga taaluqli emas. Kodkesning 108- moddasi, 1-bandiga muvofiq, ish ma’muriy sudga taaluqli bo’lmasa ish yurtishni tugatish belgilangan. O’zbekiston Respublikasi “Davlat boji to’g’risida”gi Qonunning 18-moddasi birinchi qismining 5-bandiga ko’ra, agar ish sudga taaluqli bo’lmaganligi uchun, ishni yuritish tugatilganda, davlat boji to’liq yoki qisman qaytarilishi kerak. Sud, yuqoridagilarga asosan arizachi “FAVORIT” MCHJ rahbarining vakili Axmedova Barnoning talabi ma’muriy sudga taaluqli bo’lmaganligi sababli ish yuritishni tugatishni va arizachi tomonidan arizani berishda to’langan davlat bojini qaytarishni lozim deb topadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi MSIYtKning 108 va 169-moddalarini qo’llab, sud Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling