Kiritish haqida
Download 270.98 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
- 2-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda ma’qullangan 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 839-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102- modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin ( ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. LexUZ sharhi Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 23-sentabrdagi 188 (6623)- sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2016-yil 22-sentabr, O‘RQ-410-son O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA (yangi tahriri) 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda Не у дает ся от образит ь связанны й рису нок . Возможно, эт от файл был перемещ ен, переименован или у дален. Убедит есь, чт о ссылк а у к азывает на правильный файл и верное размещ ение. tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 270.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling