Kiritish haqida
-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining
Download 270.98 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-modda. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
13-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining
professional ishtirokchilari Mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilaridir. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari: tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga oshirishi; ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazishi; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi; tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini o‘tkazishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar, shuningdek ularning yagona reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va ularning yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom ”. 14-modda. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ- huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasidan quyidagilar o‘tkazilishi kerak: Oldingi tahrirga qarang. mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari; (14-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlari; (14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Не у дает ся от образит ь связанны й рису нок . Возможно, эт от файл был перемещ ен, переименован или у дален. Убедит есь, чт о ссылк а у к азывает на правильный файл и верное размещ ение. imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlari; xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish o‘rinlari. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish o‘rinlarining ham mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi nazarda tutilishi mumkin. (14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi belgilangan tartibda ish beruvchining o‘zi tomonidan o‘tkaziladi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish davriyligi qonunchilikda belgilanadi, biroq besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. (14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 270.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling