Kiritish haqida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni 
muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini 
ta’minlaydi; 
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga 
oshiradi; 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini 
ta’minlaydi; 
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi; 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish 
hamda hisobga olish tartibini belgilaydi; 
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini 
belgilaydi; 
mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, 
shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning 
mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi; 
mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat 
organining vakolatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-
yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: 


(8-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 
2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) 
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni 
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; 
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari 
doirasida ishlab chiqadi, kelishib oladi hamda tasdiqlaydi; 
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan 
noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va 
kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga 
oshiradi;
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlaydi; 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
hamda boshqa tashkilotlar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 
hamkorlik qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib 
boradi; 
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional 
ishtirokchilarining yagona reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilangan tartibda yuritadi; 
mehnatni muhofaza qilishning holati monitoringini o‘tkazadi; 
ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda davlat 
va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik 
va jismoniy shaxslarga bunday jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar 
kiritadi; 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning maxsus tekshiruvi o‘tkazilishini va 
hisobga olinishini ta’minlaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling