Kiritish haqida


-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish 
tizimining auditi
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi 
mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo‘lib, ushbu audit ish 
beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni 
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; 
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab 
chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash; 
aniqlangan 
kamchiliklarni 
bartaraf 
etishga, 
ishlab 
chiqarishdagi 
jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda 
tavsiyalar ishlab chiqish. 
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi 
mehnatni 
muhofaza 
qilish 
sohasidagi 
xizmatlar 
bozorining 
professional 
ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit o‘tkazish 
tartibi to‘g‘risida 
nizom
”. 
16-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish 
Не у дает ся от образит ь связанны й 
рису нок . Возможно, эт от файл 
был перемещ ен, переименован
или у дален. Убедит есь, чт о 
ссылк а у к азывает на правильный 
файл и верное размещ ение.


Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga 
oshiriladi: 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan budjet 
mablag‘lari; 
ish beruvchining o‘z mablag‘lari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish 
jamg‘armalarining mablag‘lari; 
(16-modda 
birinchi 
qismining 
to‘rtinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
(16-modda 
birinchi 
qismining 
oltinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnatni muhofaza qilish uchun budjet mablag‘lari tegishli (respublika va 
mahalliy) budjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablag‘lardan boshqaruv 
organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning ta’minoti, ilmiy-tadqiqot 
ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va 
boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan 
mablag‘larni qonunchilikda, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa kelishuvlarida 
yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda ajratadi. Xodimlar 
ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar. 
Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armani o‘zining tijorat 
faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir. 
(16-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan boshqa maqsadlar 
uchun foydalanilishi mumkin emas. 
Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, 
shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armalarni tashkil etish va 
ularning mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida 
belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-noyabrdagi 245-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza 
Не у дает ся от образит ь связанны й 
рису нок . Возможно, эт от файл 
был перемещ ен, переименован
или у дален. Убедит есь, чт о 
ссылк а у к азывает на правильный 
файл и верное размещ ение.


qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi 
to‘g‘risida”gi 
nizom


Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling