Kiritish haqida


-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ushbu Qonun: 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar 
deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida 
bo‘lgan xodimlarga; 
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim 
muassasalari tinglovchilariga; 
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga; 
muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga; 
sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish 
muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek 
ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa 
turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab 
tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar bundan buyon 
matnda xodimlar deb ataladi.
4-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab 
chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli 
ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish 
yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun 
mo‘ljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar; 
zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga 
chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; 
ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik 
bo‘lish joyi; 
ishlab chiqarish faoliyati — mahsulot ishlab chiqarish, xomashyoni qayta 
ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida amalga oshiriladigan harakatlar 
yig‘indisi; 

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling