Kiritish haqida


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza 
qilish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:


mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni 
amalga oshirishda ishtirok etadi; 
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va 
amalga oshiradi; 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining 
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari 
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi 
va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya 
etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida 
mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta 
va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi 
xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis 
lavozimi joriy etiladi. 
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni 
muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 
mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur 
tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 
tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga 
bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish
tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish 
to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni 
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni 
javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish huquqiga 
ega.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish 
sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma 
asosida amalga oshirilishi mumkin.

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling