Kiritish haqida


-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
26-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini 
tekshirish hamda hisobga olish 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning o‘z mehnat 
vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda 
shikastlanishi, shuningdek kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi hamda 
hisobga olinishi shart. 
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar 
ko‘rsatuvchi) shaxslarga nisbatan ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda 
sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi, kasb kasalliklari belgilangan tartibda 
tekshirilishi va hisobga olinishi shart. 
27-modda. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza 
qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat sharoiti og‘ir, zararli va xavfli ishlarda band bo‘lgan xodimlar, 
shuningdek xodimlarning ayrim toifalari (ayollar, o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan 
shaxslar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar) uchun mehnatni muhofaza qilish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilikda 
belgilanadi. 
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi 
ustidan davlat nazorati va tekshiruvi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan 
nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Не у дает ся от образит ь связанны й 
рису нок . Возможно, эт от файл 
был перемещ ен, переименован
или у дален. Убедит есь, чт о 
ссылк а у к азывает на правильный 
файл и верное размещ ение.


(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-
yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) 
Mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari quyidagi huquqlarga ega: 
nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni
tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor 
shaxslaridan so‘rash va olish; 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirishlardan o‘tkazish 
yoki tekshirishda ishtirok etish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro 
etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni taqdim etish; 
(28-modda 
ikkinchi 
qismining 
to‘rtinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor 
mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish 
haqida taqdimnomalar kiritish; 
(28-modda 
ikkinchi 
qismining 
beshinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy 
himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlikda 
aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; 
(28-modda 
ikkinchi 
qismining 
yettinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan hamda xodimlarning hayoti 
yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-
uskunalardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish; 
(28-modda 
ikkinchi 
qismining 
sakkizinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qurilishi, rekonstruksiyasi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish 
bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etish va ular mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda tegishli xulosalar 
berish; 


mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab 
chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritish. 
(28-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvi qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan ham 
amalga oshiriladi. 
(28-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida 
nizom
”. 

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling