Kiritish haqida


-modda. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi


Download 270.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana01.03.2023
Hajmi270.98 Kb.
#1240634
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
29-modda. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-
yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) 
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi:
ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish sifatini; 
xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun 
kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini;
xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga 
oshiriladi. 
Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari quyidagi huquqlarga ega: 
nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni
tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor 
shaxslaridan so‘rash va olish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Не у дает ся от образит ь связанны й 
рису нок . Возможно, эт от файл 
был перемещ ен, переименован
или у дален. Убедит есь, чт о 
ссылк а у к азывает на правильный 
файл и верное размещ ение.


tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro 
etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni taqdim etish; 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor 
mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish 
haqida taqdimnomalar kiritish; 
(29-modda uchinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy 
himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash; 
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni va shartlarni buzganlikda aybdor 
shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti 
yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-
uskunalardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish; 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab 
chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish. 
(29-modda uchinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshisilari 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risida 
nizom
”. 

Download 270.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling