Farmatsevt xodimlarni malakasini oshirish va attestatsiyasi


Download 38.92 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi38.92 Kb.
#1156235
  1   2   3

Farmatsevt xodimlarni malakasini oshirish va attestatsiyasi

Farmasevt xodimlarning attestatsiyasi Xodimlarni baholashning belgilab qo‘yilgan tartibi “attestatsiya” deb ataladi. U mutaxassislarning lavozimga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va ko‘nikmalarini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki yuqori lavozimga o‘tkazishga yoki ishdan chetlatishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga asosan farmasevtik xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan. Farmasevt xodimlar attestatsiyasi ularning malakasini va kasbiy burchlarini bajarishda shaxsiy ma’suliyatni oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Attestatsiyaning asosiy vazifasi farmasevtlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, yuqori malakali va qobiliyatli mutaxassislarni aniqlashdir. 55 Farmasevt xodimlar attestatsiyasi quyidagi yo‘nalishda o‘tkaziladi:


 malakali toifa belgilash bo‘yicha attestatsiya;
 lavozim attestatsiyasi (nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni aniqlash).
Malakali toifa belgilash bo‘yicha attestatsiya farmasevt xodimning xoxishiga asosan o‘tkaziladi. Attestatsiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida tuzilgan attestatsiya xa’ati tomonidan o‘tkaziladi. Dorixonalarda farmasevtik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan va farmasevtik lavozimni egallagan xodimlar attestatsiyadan o‘tishlari mumkin. Oliy ma’lumotli farmasevtlarning attestatsiyasi uchta mutaxassislik bo‘yicha o‘tkaziladi: farmasevt-tashkilotchi; farmasevt-texnolog; farmasevt-analitik. Malakali toifa belgilash bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish xoxishini bildirgan farmasevt attestatsiya xay’atiga ariza yozadi hamda o‘zining ohirgi 3 yillik faoliyati yoritilgan va ishlab turgan dorixonaning ko‘rsatkichlari tahlil qilingan xisobotni taqdim etadi. Hisobot dorixona mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.Xisobot yuqori malakali mutaxassislarga taqriz uchun yuboriladi va ularning xulosasi attestatsiyada hisobga olinadi8 . Attestatsiya xay’ati tomonidan oliy ma’lumotli farmasevt xodimlarga uchta malakali toifa beriladi. (Oliy, birinchi, ikkinchi). Oliy malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassislik bo‘yicha 10 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, yuqori nazariy va amaliy kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, farmasevtik fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlaridan mukammal ravishda xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli farmasevtlarga beriladi. Birinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassislik bo‘yicha 7 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, zaruriy amaliy tajribaga va yaxshi nazariy va amaliy kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, farmasevtik fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlaridan o‘zining mutaxassisligi soxasida xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli farmasevtlarga beriladi. Ikkinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassislik bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, o‘zining mutaxassisligi soxasida yaxshi nazariy va amaliy kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, farmasevtik fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlaridan xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli farmasevtlarga beriladi. Malakali toifa berilishida oldin ikkinchi, keyin birinchi va shundan so‘ng oliy toifa berish ketma-ketligi tavsiya etiladi.
Farmasevtlar har 5 yilda qayta attestatsiyadan o‘tadilar, shunda ularning kasbiy darajalari baholanib, oldin taqdim etilgan toifa tasdiqlanishi, yuqoriroq toifa berilishi yoki toifa pasaytirilishi mumkin.Qayta attestatsiyadan o‘tgan va toifasi tasdiqlangan farmasevtlarga attestatsiya guvoxnomasiga qayta attestatsiya belgisi qo‘yiladi. Agar qayta attestatsiya natijasida malakali toifa o‘zgargan bo‘lsa yangi guvoxnoma beriladi.
56 O‘rta ma’lumotli farmasevtlar attestatsiyasi. O‘rta ma’lumotli farmasevtlarning malakasi ikkita toifa – birinchi va ikkinchi toifa bo‘yicha belgilanadi. Birinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassisligi bo‘yicha 8 yilldan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, zaruriy amaliy tajribaga ega bo‘lgan, ishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, malaka oshirish kurslarida o‘qigan o‘rta ma’lumotli farmasevtlarga beriladi. Ikkinchi malakali toifa attestatsiyalanayotgan mutaxassisligi bo‘yicha 5 yilldan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, zaruriy amaliy tajribaga ega bo‘lgan, ishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, malaka oshirish kurslarida o‘qigan o‘rta ma’lumotli farmasevtlarga beriladi. Bunda xujjatlarni attestatsiya xay’atiga topshirish va qayta attestatsiyadan o‘tish oliy ma’lumotli farmasevtlarning attestatsiya tartibiga analogik shaklda o‘tkaziladi. Lavozim attestatsiyasi – farmasevtik xodimlarni egallab turgan lavozimiga loyiqligini baholash maqsadida o‘tkaziladi va bunda ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasi aniqlanadi. Attestatsiyadan o‘tayotgan xodimning ishiga baho berishda uning reja topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, malakasi, bilim darajasi kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Attestatsiya natijasida xodim quyidagi xulosalardan biri asosida baholanadi:
egallagan lavozimiga loyiq;
 ko‘rsatilgan nuqsonlar belgilangan muddatgacha yo‘qotilsa, ya’ni shartli ravishda egallagan lavozimiga loyiq;
 egallagan lavozimiga loyiq emas. Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish. Yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan korxonalardagi faoliyat samarasi ham yuqori bo‘ladi. Xodimlarni o‘qitish mutaxassislarning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalarini fan rivojining zamonaviy darajasiga muvofiq ravishda yetkazish maqsadida amalga oshiriladi. Xodimlarni o‘qitish 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 1. Kasbiy ta’lim (boshlang‘ich, o‘rta va oliy) . Boshlang‘ich va o‘rta kasbiy ta’lim berish ishchi kasblari bo‘yicha kollejlarda olib boriladi. Oliy kasbiy ta’lim o‘z ichiga bakalavriat va magistratura ta’liminioladi. 2. Oliy ta’limdan keyingi qo‘shimcha ta’lim. Buta’lim bosqichi fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida amalga oshiriladi. Ta’lim olish muddati – 3 yil. 3. Malaka oshirish. Oliy ta’lim muassasasining malaka oshirish faultetlarida, biznes va boshqaruv kurslarida amalga oshiriladi. Ta’lim olish muddati – bir xaftadan bir yilgacha. 4. Kadrlarni qayta tayyorlash. Ikkinchi kasb yoki mutaxassislik olish maqsadida o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Ta’lim olish muddati – 2 oydan 2 yilgacha.



Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling