Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

Ajrim qildi: 
Arizachi Axmedova Barnoning Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochisi 
2021-yil 26-iyundagi “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish 
to‘g‘risida”gi qarorini haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi arizasi bo’yicha ish yuritish 
tugatilsin. 
Arizachi Axmedova Barno tomonidan ariza berishda to’langan 245 000 ( ikki yuz 
qirq besh ming) so’m davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarilsin. 
Ajrimdan norozi tomonlar 1 ( bir ) yillik muddat ichida shu sud orqali kasatsiya 
instansiyasiga xususiy shikoyat qilishi, prokuror xususiy protest keltirishi mumkin. 
 
 
 
7-kazus 
Arizachi F.Abdullayeva Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudiga murojaat qilib
javobgar Bo‘stonliq tuman hokimligiga nisbatan Bo‘stonliq tuman hokimiyati bergan javob 
xatini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Sud majlisida arizachi F.Abdullayeva shikoyat arizani qo‘llab - quvvatlab, arizani 
qanoatlantirishni so‘radi.
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ariza qaytarilgan. Bundan norozi bo‘lgan 
arizachi F.Abdullayeva Toshkent viloyati maʼmuriy sudiga apellatsiya shikoyati bilan 
murojaat qildi.
1. 
Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va 
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. 


2. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib birinchi instansiya sudining 
harakatlarini tahlil qiling. 
3. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib ajrim ustidan shikoyat qilishning 
o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling. 
4. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib davlat bojini to‘lash, qaytarish va 
taqsimlash masalalarini tushuntirib bering. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling