Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

 
 
5. 
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi 
kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
 
 
ASOSLANTIRUVCHI QISM: 
Apellatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini
prokurorning fikrini eshitib, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilab birgalikda 
muhokama qilib quyidagi xulosaga keldi. 
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi 
Kodeksning 217-moddasiga asosan, sud ishni apellatsiya instansiyasida ko’rish chog’ida 
birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniyligini va asoslanganligini tekshiradi. 
Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi holatlarni aniqlashi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to’liq 
hajmda tekshirishi shart deb belgilangan. 
Ishdagi hujjatlarga ko’ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 
16-sentabrdagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Kariyeva Tamaraning foydasiga bir nafar 
voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun qarzdor Teshayev Mamarayimning har oyda 
ish haqi va boshqa daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 
viloyat 
boshqarmasi 
shahar 
bo‘limi 
davlat 
ijrochisining


2022-yil 9-apreldagi “Qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini 
vaqtincha cheklash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Teshayev Mamarayimning O‘zbekiston 
Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklab qo‘yilgan. 
Davlat ijrochisining 2022-yil 9-apreldagi qarorini qabul qilishga O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qarori asos bo’lgan. 
Davlat ijrochisining qarori natijasida fuqaro Teshayev Mamarayimning xorijga 
chiqish huquqlari vaqtincha cheklab qo’yilgan. 
Shu sababli, arizachi Teshayev Mamarayim Majburiy ijro byurosi viloyat 
boshqarmasi shahar bo’limi davlat ijrochisining 2022-yil 9-apreldagi qarorinidan norozi 
bo’lib, sudga murojaat qilgan. 
Birinchi instansiya sudi arizachi Teshayev Mamarayimning arizasini muhokama 
qilib, uning talabini qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan. 
Birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni to’liq 
aniqlamagan. 
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini qonuniy yoki asosli deb bo’lmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi MSIYutKning 219-moddasiga asosan apellatsiya 
instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini ko’rish natijalari bo’yicha birinchi instansiyaning 
hal qiluv qarorini to’liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga haqli 
ekanligi ham ko’rsatilgan. 
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari 
asosida muhokama qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudi 
tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda arizachi Teshayev 
Mamarayimni arizasini qanoatlantirishni rad etish to’g’risida yangi qaror qabul qilishni 
lozim topadi. 
Bayon etilganlarga asosan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 
219-moddasining 2-bandi, 221-moddalarni qo’llab, apellatsiya instansiyasi sudi 
Xulosa qismi 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling