Arizachi: Teshayev Tesha Teshayevichdan Toshkent sh, Olmazor k 3/1 +99898888888 Javobgar
Download 164.4 Kb. Pdf ko'rish
|
ariza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shikoyat arizasi
- Arizamga quyidagilarni ilova qilaman
- AJRIM (arizani ish yurituvga qabul qilish, ishni qo‘zg‘atish, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida)
- AJRIM QILDI
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga Arizachi: Teshayev Tesha Teshayevichdan Toshkent sh, Olmazor k 3/1 +99898888888 Javobgar: Yangihayot tuman hokimligi Toshkent sh, Yangi hayot t, 34-uy +99898777777 Shikoyat arizasi Men, 2018-yildan beri infiltrativ kazeoz pnevmoniya kasalligiga duchor bo‘lganligim sababli alohida kvartirada yashashga muhtojman. Shu sababli Yangihayot tuman hokimiyati mansabdor shaxslarining 22.06.2022 yildagi 1/6-389- sonli javob xati bilan uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olishni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishingizni va huquqlarimni majburiyat yuklash orqali tiklab berishingizni so‘rayman. Arizamga quyidagilarni ilova qilaman: 1. Davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida asos; 2. Hokimlik javob xati nusxasi; 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir shakllariga chalingan shaxslar ro‘yxati (Sil kasalliklari 3-bandi 21-raqam); 4. Javobgar va 3-shaxslarga arizadan namunalar yetkazilganligi fakti; 29.06.2022 imzo T.Teshayev AJRIM (arizani ish yurituvga qabul qilish, ishni qo‘zg‘atish, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida) 2022-yil 2-iyul kuni ______ - sonli ishni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi o‘z binosida, Toshkent tumamlararo ma’muriy sudi sudyasi F.Baxtiyorova arizachi T.Teshayevning Toshkent shahri Yangihayot tuman hokimiyati mansabdor shaxslarining uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olishni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish va huquqlarini majburiyat yuklash orqali tiklab berish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 131-132- 139-168-169-moddalariga asoslanib, AJRIM QILDI: T.Teshayevning shikoyat arizasi ish yuritish uchun qabul qilinsin va ish qo‘zg‘atilsin. Ishni ko‘rish 2022-yil 10-iyul soat 09:00 da bo‘lib o‘tadigan sud majlisiga tayinlansin. Sud majlisi Toshkent shahri., ________ko‘chasi, ____-uy manzilidagi sud binosida bo‘lib o‘tadi. Ishni sud muhokamasida ko‘rishga tayyorlash uchun: - arizachi zimmasiga arizaga ilova qilingan hujjatlarning asl nusxasini sudga taqdim qilish vazifasi yuklatilsin; - javobgarga shikoyat arizasiga nisbatan yozma fikrni, e’tirozlarini asoslovchi boshqa hujjatlarni sudga taqdim etish huquqi mavjudligi tushuntirilsin. Arizachiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 105-moddasining 3-bandiga asosan arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa, sud arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirishi mumkinligi tushuntirilsin. Sudya F.Baxtiyorova Download 164.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling