Arizachi: Teshayev Tesha Teshayevichdan Toshkent sh, Olmazor k 3/1 +99898888888 Javobgar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HAL QILUV QARORI
Download 164.4 Kb. Pdf ko'rish
|
ariza
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HAL QILUV QARORI
2022-yil iyul oyining 10-kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida, sudya: F.U. Baxtiyorovaning raisligida, sudya yordamchisi K.Kaminayevning kotibligida, taraflar hamda Yangihayot tuman prokurori yordamchisi N.N.Saidjonovning ishtirokida, arizachi Teshayev Tesha Teshayevichning javobgar Yangihayot tuman hokimiyati mansabdor shaxslarining xatti-harakatini qonunga xilof deb topish va majburiyat yuklash haqidagi shikoyati bo‘yicha yuritilgan _________-sonli ma’muriy ishni ko‘rib chiqib quyidagilarni, ANIQLADI: Sudga arizachi Teshayev Tesha Teshayevich shikoyat bilan murojaat qilib, Yangihayot tuman hokimiyati mansabdor shaxslarining 22.06.2022 yildagi 1/6-389- sonli javob xati bilan uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olishni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish va huquqlarini majburiyat yuklash orqali tiklab berishi so‘ragan. Sud majlisida arizachi Teshayev Tesha Teshayevich shikoyat talablarini qo‘llab-quvvatlab, unda ko‘rsatib o‘tilgani kabi tushuntirishlar berib, suddan uni to‘liq qanoatlantirishni so‘radi. Sud majlisida javobgar Yangihayot tuman hokimligi vakili D.D.Do‘stovning shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi nutqini tinglab, ishdagi hujjatlarni atroflicha o‘rganib va ularga huquqiy baho berib quyida xulosaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksining 185-moddasiga ko‘ra, manfaatdor shaxs ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli: uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzgan; uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga to‘siqlar vujudga keltirgan; uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan; uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa to‘siqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli. Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, arizachi T.Teshayev 2022-yil 20-iyun kuni Yangihayot tuman hokimligiga uy-joyga muhtoj bo‘lganlar hisobiga kiritilishini so‘rab murojaat qilgan. Yangihayot tuman hokimligining 22.06.2022 yildagi 1/6-389-sonli xati orqali arizachining uy-joyi sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobiga kiritilishi rad etilganligi ma’lum qilingan. Bundan norozi bo‘lgan Teshayev Tesha Teshayevich sudga shikoyat bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 5-moddasida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash kirishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi. Nizomning 10-bandida Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb hisoblanadi: a) turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy- joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar)da yashovchi fuqarolar; b) har bir oila a’zosi o‘n olti kvadrat metrdan, kresol-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan ta’minlanganlar; v) yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar shuningdek, o‘qishlari sababli yotoqxonalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno; g) qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar; d) alohida kvartirada yashashga muhtoj bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanga ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir shakllariga chalinganlar; e) uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va ro‘yxatda turgan fuqarolar. Sud davomida aniqlangan holatlar va ish hujjatlariga ko‘ra, arizachi 2018- yil 16-iyul kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani notatial idorasida tasdiqlangan reestrda 8-88888-son bilan qayd etilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan, umumiy maydoni 66,66 yashash maydoni 40,9 kv metr yashash xonalari soni 3 tadan iborat bo‘lgan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 8-mavze, 40- uy, 21-xonadonni sotib olgan. Keyinchalik o‘ziga tegishli ushbu uy-joyni 2020-yil 11-aprelda Yunosobod tumani notarial idorasida tasdiqlangan reeystrda 09090909-reestr raqami bilan qayd etilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan Mamadaliyev Ali Aliyevichga sotgan. Ishda mavjud hujjatlardan aniqlanishicha mazkur xonadonda hozirgi kunda arizachining yaqin qarindoshlari qizi Pardayeva Parda Pardayevna, nabiralari doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan. Shuningdek, arizachi umumiy maydoni 35,27 kv metr yashash maydoni 14,78 kv metr bo‘lgan Yangihayot tuman, O‘zar ko‘chasi 41-uy-joyning 7- xonadonini 2020 yil 11 fevral kungi 184-sonli ko‘chmas mulk sotish shartnomasiga asosan xarid qilgan. Keyinchalik, mazkur uy-joy Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ulanuvchi notarius N.Salimova tomonidan tasdiqlangan 2020 yil 26 dekabr kungi xadya shartnomasiga asosan arizachi tomonidan nabirasi U.Pardayevga xadya qilingan. U.Pardayev esa o‘zining Toshkent shahri Chilonzor tumani Xuroson mahallasi 60/75-uyida istiqomat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi “Manzil” tizimi ma’lumotiga ko‘ra arizachining Yangihayot tuman, O‘zar ko‘chasi 41-uy-joyning 7-xonadoniga doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan va yakka o‘zi istiqomat qiladi. Bunday holda sud Yangihayot tuman hokimligi mansabdor shaxslarining 22.06.2022 yildagi 1/6-389-sonli javob xati bilan uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olishni rad etishda ifodalangan harakatlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb topishga asoslar mavjud emas degan xulosaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksning 189-moddasi 3-qismiga ko‘ra, sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Sud, qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, arizachi Teshayev Tesha Teshayevichning javobgar Yangihayot tuman hokimligi mansabdor shaxslarining 22.06.2022 yildagi 1/6-389-sonli javob xati bilan uy- joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olishni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish va majburiyat yuklash haqidagi shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi. Sud, davlat boji va pochta harajatlari masalasini muhokama qilib, shikoyat bilan murojaat qilishda arizachi tomonidan to‘langan _______ so‘m davlat boji va _________ so‘m pochta harajati to‘lovlari bilan chegaralanishni lozim deb hisoblaydi. Yuqoridagilarga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksining 185-189, 154-158-moddalariga amal qilib, sud Download 164.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling