Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan 
shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 
qarorining 9-bandiga qayd etilishicha ham, avlat ijrochisining qarori, harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan MSIYutK 
23-bobida
 nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi
iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha chiqarilgan qarorlar bundan mustasno. 


2. 
Kazusdagi vaziyatda maʼmuriy sudlarda muddatlar va davlat boji 
masalasini tahlil qiling. 
Muddatlar masalasiga to’xtalsak, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi 
kodeksning 186-moddasiga binoan agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa 
muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza 
(shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran 
olti oy 
ichida(oldin 3 oy edi) 
sudga berilishi mumkin. 
Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga 
xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan 
e’tiboran o‘n kun ichida sudga berilishi mumkin. 
Demak, ushbu kazusdagi vaziyatda arizachi Teshayev Mamarayim davlat 
ijrochisining qarori ustidan 
o’n kun 
ichida sudga murojaat etishi kerak bo’ladi. 
Sud esa arizani ish yuritishga qabul qilish to’g’risidagi, qabul qilishni rad etish yoxud 
qaytarish to’g’risidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan 
kechiktirmay yakka tartibda hal qilishi kerak.
Kazusda ko’rmoqdamizki, birinchi instansiya sudi arizani ish yuritishga qabul qilgan 
va hal qiluv qarorini ham chiqargan. Endi apellatsiya instansiyasi ishni ko’rib chiqmoqda. 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 203-moddasida aytilganki, 
apellatsiya shikoyati hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi 
mumkin. Demak, arizachi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingandan 
so’ng, bir oy ichida apellatsiya tartibida ariza berishi mumkin. Shuningdek, ish muhokamasi 
ishni sud muhokamasiga tayyorlash to’g’risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir 
oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak bo’ladi. Alohida hollarda, sud 
muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi 


mumkin.
Endi davlat boji masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, Kodeksning 115-moddasiga 
binoan hal qiluv qarori o’z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo’yicha qilingan barcha sud 
xarajatlarining o’rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to’lashdan ozod etilgan bo’lsa ham 
ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. 
Shuningdek “Davlat boji to’g’risida”gi qonunning 17-moddasida qayd etilishicha, 
Davlat boji summalarini qaytarish to‘lovchining yozma arizasiga binoan yoki sudning hal 
qiluv qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasini qaytarish uchun arizachi 
davlat bojini undirgan tegishli davlat organiga yoki tashkilotga murojaat qilishi kerak. 
Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilotning rahbari uni qaytarish qonuniyligini 
tasdiqlagan taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojining boshqa oluvchilari ilgari 
o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini to‘lovchining 
yozma arizasi olingan kundan e’tiboran besh kun ichida yoki sud hujjatlari asosida 
qaytaradi. O‘z navbatida davlat organi yoki tashkilot qaytarilishi lozim bo‘lgan, ilgari 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilgan davlat boji 
summasining bir qismini qaytarish to‘g‘risida davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda 
xabar yuboradi. 
Demak ushbu vaziyatda, birinchi instansiya sudiga ariza taqdim etgan shaxs Teshayev 
Mamarayim tomonidan dastlab davlat boji to’lanadi. Hal qiluv qarori o’z foydasiga 
chiqarilganidan so’ng, ushbu hal qiluv qaroriga asosan davlat boji unga qaytariladi. 
Apellatsiya instansiyasida davlat boji bilan bog’liq masalalar ham xuddi shunday tartibda 
hal etiladi. Ya’ni davlat ijrochisi tomonidan apellatsiya shikoyati berilgan taqdirda, uning 
talabi qanoatlantirilganligi uchun u tomonidan to’langan davlat boji ham qaytariladi. Davlat 
boji esa Teshayev Mamarayim tomonidan to’lanadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling