5-kazus
1.03.2023-yilda arizachi Madaminov Sulton maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat
qilib, 12.12.2022-yildagi 10/501-sonli tuman hokimining qarorini bekor qilishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 18-apreldagi hal qiluv qarori bilan arizachi
tomonidan o‘tkazib yuborilgan sudga shikoyat qilish muddati uzrli deb topilib, ariza
qanoatlantirilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 1-maydagi qarori bilan birinchi instansiya
sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi bo‘lib, fuqaro Komilov Xayit
2023-yil 1-iyunda Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, apellatsiya
instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini
kuchida qoldirishni so‘ragan.
Arizachi S.Madaminov fuqaro X.Komilovga maʼmuriy ish bo‘yicha qabul qilingan
sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va boshqa huquqlarni beruvchi ishonchnoma bergan
bo‘lsa-da, arizachi 2023-yil 29-mayda vafot etgan. Komilov Xayit kassatsiya shikoyatiga
Madaminov Sultonning kassatsiya shikoyati berilgan kunga qadar vafot etganligini
tasdiqlovchi o‘lim haqidagi guvohnoma va o‘zining vakolatini tasdiqlovchi ishonchnomani
ilova qilgan.
1.
Kazusdan kelib chiqib nizoning sudga taalluqlilik masalasini muhokama
qiling va fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang.
2.
Kazusdagi vaziyatda muddatlar va xarajatlar masalasini tahlil qiling.
3.
Kazusdan kelib chiqib protsessual huquqiy vorislik va vakillikning o‘zaro
farqli jihatlarini tushuntirib bering.
4.
Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi
sudlarining harakatlariga baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |