Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi vakolat va vazifalari


Download 18.75 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi18.75 Kb.
#1447113
  1   2   3
Bog'liq
Bankrotlik to


Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi vakolat va vazifalari:

  • Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;

  • Sud boshqaruvchilari attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reestrini yuritadi;

  • Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

  • Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish holati, shuningdek, bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayonini nazorat qiladi;

  • Sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi.

Murojaat qilish huquqi:
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni
6-moddasiga asosan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Qarzdor va kreditor bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.
Majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi va uning hududiy organlari ega.

Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling