Bankrotlik alomatlari:
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi bankrotlik alomatlari hisoblanadi.
Yuridik shaxs: Kreditorlik qarzi bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa va uch oy ichida to‘lanmasa;
YaTT: Kreditorlik qarzi bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa va uch oy ichida to‘lanmasa;
Shaharni tashkil etuvchi korxona: Kreditorlik qarzi bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa va olti oy ichida to‘lanmasa.
Qo‘llaniladigan taomillar:
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi:
Kuzatuv;
Sud sanatsiyasi;
Tashqi boshqaruv;
Tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, qonunning 145-moddasiga asosan qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga va bankrotlik holatidan chiqishga haqli.
Sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) – bankrotlik taomillarini o‘tkazish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.
Sud boshqaruvchisiquyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur:
Oliy ma’lumotli bo‘lishi;
Kamida ikki yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
Agentlikda attestatsiyadan o‘tishi.
Sud boshqaruvchilikka talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida o‘qitiladi, malakasi oshiriladi va belgilangan tartibda guvohnoma va (yoki) sertifikat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |