Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

5. A J R I M 
(Kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida)
Bayon va asoslantiruvchi qismi 
ANIQLADI: 
Arizachi Madaminov Sulton ma’muriy sudga shikoyat bilan murojaat qilib, javobgar 
tuman hokimining 10/501-sonli qarorini bekor qilishni so‘ragan. 
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 18-apreldagi hal qiluv qarori bilan arizachi 
tomonidan o‘tkazib yuborilgan sudga shikoyat qilish muddati uzrli deb topilib, ariza 
qanoatlantirilgan. 


Apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 1-maydagi qarori bilan birinchi instansiya 
sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish rad etilgan. 
Arizachi S.Madaminov fuqaro X.Komilovga maʼmuriy ish bo‘yicha qabul qilingan sud 
qarorlari ustidan shikoyat qilish va boshqa huquqlarni beruvchi ishonchnoma bergan bo‘lsa-
da, arizachi 2023-yil 29-mayda vafot etgan. Komilov Xayit kassatsiya shikoyatiga 
Madaminov Sultonning kassatsiya shikoyati berilgan kunga qadar vafot etganligini 
tasdiqlovchi o‘lim haqidagi guvohnoma va o‘zining vakolatini tasdiqlovchi ishonchnomani 
ilova qilgan holda 2023-yil 1-iyunda Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. 
Biroq, Fuqarolik kodeksi 141-moddasi 1-qismi 6-bandiga ko’ra, ishonchnomaning 
amal qilishi uni bergan fuqaroning vafot etishi bilan tugaydi. Ya’ni arizachi S.Madaminov 
vafot etishi bilan fuqaro X.Komilovga ishonchnoma asosida berilgan huquqlar ham o’z 
kuchini yo’qotgan.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi Kodeksning 233-moddasi 1-qismi 1-bandi 
talabiga ko’ra, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest 
keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa kassatsiya shikoyatini 
ish yurituvga qabul qilishni rad etilishi belgilangan. 
Shuningdek, mazkur 233-moddaning 2-qismi talabiga ko’ra, kassatsiya shikoyatini ish 
yuritishga qabul qilishni rad etish to’g’risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini ish yuritishga 
qabul qilishni rad etish asoslari ko’rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog’ida to’langan 
davlat bojini qaytarish to’g’risidagi masala hal etiladi. 
Kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishni rad etish to’g’risidagi ajrim ustidan 
ushbu kodeksning 28-bobida belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi “Davlat boji to’g’risida”gi qonunning 18-moddasi talabiga 
ko’ra, davlat boji quyidagi hollarda to’liq yoki qisman qaytarilishi kerak:
3-band talabiga ko’ra, kassatsiya shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad 
etilganda. 


Yuqoridagilarga ko’ra, vakil X.Komilov tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatini ish 
yuritishga qabul qilish rad qilinishi hamda to’langan davlat bojini qaytarishni lozim deb 
topadi.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy ishlarni yuritish to’g’risidagi Kodeksining 168, 
169 va 233-moddasini qo’llab, sud
Xulosa qismi 
AJRIM QILADI:
Vakil X.Komilov tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish 
rad qilinsin.
Kassatsiya shikoyatini topshirishda to’langan 000.00 so’m miqdordagi davlat boji
qaytarilsin.
Ajrimdan norozi taraf O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar 
bo’yicha sudlov hay’atiga nazorat tartibida shikoyat qilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling