Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Kazusdagi vaziyatda davlat ijrochisining harakatlariga baho bering
Download 1,37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
4.
Kazusdagi vaziyatda davlat ijrochisining harakatlariga baho bering. Demak, aytish mumkinki, Teshayev voyaga yetmagan farzandi uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan ¼ miqdorida aliment to’lab borishi shart. Kariyeva esa voyaga yetmagan farzandi uchun har qaysi vaqtda aliment undirishi mumkin. Fuqarolik sudi ham ishni buyruq tartibida ko’rib chiqishi kerak edi va shunday qildi ham. Davlat ijrochisi esa sudning ushbu buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida Teshayevga nisbatan xorijga chiqishni vaqtincha cheklash tadbirini qo’llashga haqli. Davlat ijrochisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zb. Res. Bosh Prokraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 3016-sonli qarorining 3-bobi 11-bandiga asosan sud hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash sohasida qarzdor jismoniy shaxsning chet elga chiqish huquqini vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega ekanligi to’g’risida yuqorida ham aytib o’tdik. Aniqroq aytadigan bo’lsak, davlat ijrochisi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi undiruvchi Kariyeva Tamaraning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun qarzdor Teshayev Mamarayimdan har oylik ish haqi va boshqa daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to’g’risidagi buyrug’ining ijrosini majburiy ta’minlash maqsadida qarzdorning chet elga chiqish huquqini vaqtincha cheklamoqda. Kariyevaning arizasiga e’tibor qaratsak, Oila kodeksining 96-moddasiga ko’ra Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. Shuningdek, 99-moddada agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota- onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkinligi belgilangan. Ushbu kodeksning 136-moddasida esa aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi deb bayon qilingan. 145-moddasida esa aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart. Download 1,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling