Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obekti Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturasi


Download 21.42 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1225181
Bog'liq
23 variant


23 variant

  1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obekti

  2. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturasi

  3. O`zbekistonda fuqarolik jamiyati tiziminng rivojlanish tarixi



  1. Fuqarolik jamiyati - bu ijtimoiy-siyosiy masalalami hal etishda faol qatnashadigan, davlatning bedodligi va aralashuviga yo‘l qo'ymaydigan huquq hukmron bo‘lgan, fuqarolar va davlat hamkorlik asosida 9 ishlaydigan ongli individlar jamiyatidir. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatiga ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, unda fuqarolik institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ulaming davlat bilan o‘zaro hamkorligi prinsiplari belgilangan Fuqarolik jamiyati fanining predmeti sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlari va tamoyillari o ‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti - kishilik tarixida insonlaming o ‘zaro munosabatlari natijasida yuksak jamiyatga doir qadriyatlar va tuzilmaviy unsurlarning shakllanishi, ulaming rivojlanib borishi natijasida ideal jamiyatda insonlar o‘zaro aloqalarin qonuniyatlarining shakllanishi, rivojlangan mamlakatlarda uzoq tarixiy rivojlanish natijasi oMaroq shakllangan yuksak insoniy birlik - fuqarolik jamiyatining institutlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanining obyekti — bu insoniy jamiyatning oddiydan murakkabga, o‘zini o‘zi takroran yaratib turadigan insoniy birlikka o‘sib o‘tishi va nihoyat rivojlangan mamlakatlarda shakllangan fuqarolik jamiyati va uning institutlari hisoblanadi. Xususan, mazkur Fuqarolik jamiyati o‘quv qo‘llanmasining obyekti - ana shu tarixiy voqeliklarga uyg‘un tarzda 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyati unsurlariga doir g‘oyalaming rivojlanishi, mustaqillik davriga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, undagi tamoyillaming rivojlangan davlatlar bilan qiyosiy tahlillari hisoblanadi. Fanni o'qitishdan maqsad - talaba-yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasawurlami singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat histuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.

2. . Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasining ildizi (civil society) qadimgi grek faylasuflari va boshlab Sitseron yozgan asarlarda kuzatiladi. Lekin, grek faylasuflari fuqarolik jamiyati haqida fikrlaganida asosan davlatni koʼzda tutgan edilar. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar XVIII asr oxirida bir vaqtning oʼzida shotland va kontinental Maʼrifatparvarligi tomonidan tugʼildi. Tomas Peyn va Georg Gegelь kabi nazariyotchilar fuqarolik jamiyatini davlatga yaqin, lekin, shu bilan birga undan ajralgan soha, qaysiki, bu kabi jamiyatda fuqarolar oʼz xohishlari va manfaatlariga bogʼliq holda birlashadilar, deb talqin etdilar. Bu yangi talqinlarda iqtisodiy voqeliklarni oʼzgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va burjuaziyaning paydo boʼlishi. U tobora oʼsib borayotgan erkinlik sari daʼvat etish chaqiriqlaridan paydo boʼlgan edi.
XIX asrning oʼrtasida jamiyatshunoslar va faylasuflar sanoat inqilobining ijtimoiy va siyosiy oqibatlariga oʼz eʼtiborlarini qaratganlarida esa fuqarolik jamiyati tushunchasi isteʼmoldan tushib qoldi. Faqat ikkinchi jahon urushida keyingi davrda Аntonio Gramshi fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va mustaqil siyosiy faoliyatning oʼziga xos otlanish nuqtasi sifatida qarab, uniqaytadan tikladi va bu jamiyat yana rusumga kirdi. Gramshi oʼng oqim diktaturani tadqiq etganligi uchun uning gʼoyalari Sharqiy Yevropa, shuningdek, Lotin Аmerikasidagi dissidentlar va huquq himoyachilariga kuchli taʼsir qildi. Chex, vengr, polyak faollari doimo fuqarolik jamiyati tushunchasiga murojaat etishar edi. Аyniqsa, 1989 yilda Berlin devori qulagan paytlarda u jasurlik tushunchasining sinonimi sifatida ishlatila boshlandi.
XX asrning 90-yillarida fuqarolik jamiyati jozibador formulaning soʼnggi natijasiga aylandi. Ulkan demokratlashtirishning dunyoviy tamoyillari uning oldida yangi ufqlarni ochdi. АQSh va Gʼarbiy Yevropada uning jamiyatni yangilashning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi oʼrniga nisbatan qiziqishlar kuchaydi, shuningdek, davlat va hukumattaʼsirlari kamayib borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ham u keng tarqala boshladi.
Tarixiy taraqqiyot tajribasidan maʼlumki, inson jamiyat tomonidan oliy ijtimoiy qadriyat manbalari sifatida namoyon boʼlishi eng yechimini topish eng qiyin muammolardan biridir. Chunki, bu kabi sharoitlarda insonni mansabdorlar va ularning apparatini irodasi asosida faoliyat yuritishdan boshqa chorasi qolmaydi, inson davlat mashinasining bir murvatiga aylana boshlaydi. Shaxs oʼzining turmushini oʼzgartirish qobiliyatiga ega boʼlmasdan, u xalqaro munosabatlarda “inson huquqlari manbasi” deb ataladigan oʼz insoniy qadr-qimmatini eʼzozlaydigan erkinlik meʼyorlaridan bahra ololmaydi.
Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini xalqaro tajribalar va milliy anʼanalar asosida shakllantirish inson erkinligi va huquqlarini taʼminlashning asosiy kafolati sifatida shakllantirish inson taraqqiyoti uchun eng zaruriy omildir. Hozirgi davrda jamiyatga doir zamonaviy nazariyalarda fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy uchta tarkibiy qismlari quyidagicha taʼriflanadi:
• ijtimoiy ahamiyatga molik funktsiyalarni sezilarli qismini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarini rivojlanganligi; “shaffof” hukumat va parlamentning mavjudligi; uning “shaffof”ligi jamiyat nazorati ostida va fuqarolarning baholashlari bilan bogʼliq ekanligi bilan ifodalanadi;
• hukumat va nodavlat tashkilotlar oʼrtasida “de-yure” talablari doirasidagi muloqotlarning mavjudligi, yoki, boshqacha aytganda, ijroiya hokimiyati tizilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga taʼsir eta olishning legitim usullarini shakllanganligi.
Shu bilan birga, jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishi ham obʼektiv zaruriyat hisoblanadi. Lekin, boshqaruv tizimida baʼzi mansabdorlarning byudjetni ijro etishi va turli resurslarni taqsimlash va boshqaruv faoliyatida qonunlar bilan belgilanmagan turli ruhsatnomalar berish, tadbirkorlikni nazorat qilish kabi turli byurokratik vositalar paydo boʼladiki, ular doimo jamiyatni rivojlanishiga toʼsiq boʼlib kelgan. Shuningdek, bu kabi holatlar obʼektiv zarurat hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv anʼanalaridan chiqarib tashlanishi zarur.
Umuman, fuqarolik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun davlat organlari quyidagilarga amal qilishiga zarurat tugʼiladi:
-qarorlar qabul qilishva ularni ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar bilan kelishib faoliyat koʼrsatishi shart ekanligi;
-davlat organlari vakolatlarini bir qismini nodavlat tashkilotlarga oʼtkazish.
Shuningdek, davlat apparati funktsiyalarini nodavlat tashkilotlarga oʼtkazib borish bilan boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari faqat nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funktsiyalarni bajaradi (yaʼni qoldiq printsipiga amal qiladi).
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat boʼlganzaruriy qadriyatlarni shakllaninishini izdan chiqarib turadi. Shuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning rolini muvozanatlashtirish boshqaruvni modernizatsiyalashning ustuvor yoʼnalishi hisoblanmoqda.
Shuning uchun ham davlat boshqaruviga doir (maʼmuriy) islohotlarni amalga oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda bogʼliqdir. Chunki, inson taraqqiyotining asosiy komponentlaridan biri, bu – inson taqdirini hal etish, uning huquq va erkinliklarini taʼminlanishiga doir boshqaruv jarayonida uning oʼzi bosh manfaatdor sifatida ishtirok etishi taqozo etiladi.
Maʼlumki, gʼarbda maʼmuriy islohotlar asosiga subsidiarlik printsipi qoʼyilgan boʼlib, u asosan gʼarbda rivojlangan quyidagi diniy qadriyatni dunyoviylik asosida hal etish bilan bogʼliq boʼldi: “Shaxsning oʼz tashabbusi va kuchi bilan qiladigan narsalardan mahrum qilish va uni jamoatga taalluqli deyish mumkin emas. Xuddi shuningdek, qattaroq va yuqori darajadagi hamjamiyatning kichik va itoatkor hamjamiyat qilishi va oxiriga yetkazishi mumkin boʼlgan ishga daʼvogarlik qilishi ham xuddi yuqoridagidek, ijtimoiy tartibot uchun nihoyatda zararli boʼlgan nosogʼlom muhitdir”.
Hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanib borishi bilan davlat boshqaruvini nomarakazlashtirish (detsentralizatsiyalash) uchun ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik shart-sharoitlar yaratiladi. Bu jarayon davlat boshqaruvini erkinlashtirish (liberallashtiish) va maʼmuriy islohotlarning eng asosiy sharti hamdir.
Fuqarolik jamiyati shakllanib borgani sari mansabdorlar faoliyatini milliy manfaatlar, jamiyat baroqarorligi va xalq farovonligi asosida kechishi uchun shart-sharoitlar shakllanib boradi. Chunki, jamiyatning manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari uygʼunlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida fuqarolarning huquqlar ham manfaatlar asosida insoniy birliklarga uyushish va shu asosda hokimiyat organlarini nazorat qilish, ularda ishtirok etish mayllari shakllanib va oʼsib bordi.
Fuqarolik jamiyati sharoitida markaziy hokimiyatda milliy manfaatlar bilan bogʼliq yirik vakolatlardan boshqasi mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga uzatiladi. Hududiy oʼzini oʼzi boshqarish organlari, oʼz navbatida, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi oʼz zimmasiga olmagan yoki u rad etganidan boshqa vakolatlarni amalga oshira boshladi. Bu holatda konsensusga erishish printsipiga asoslanildi. Bu printsip koʼpincha maʼmuriy shartnomalarda ifodalana boshlaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo boʼlishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli taʼsir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasinikeng va tor maʼnolardaishlatish rusumga kirdi. Keng maʼnodagifuqarolikjamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqoʼlietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qaramboʼlmagan qatlam sifatidarivojlandi. Shuningdek, fuqarolikjamiyati keng maʼnodafaqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balkiavtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo boʼlishi bilan fuqarolikjamiyati siyosiy hokimiyattomonidan butunlay «yutib» yuboriladi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi tor maʼnoda talqin etilganda, u huquqiy davlatningikkinchi tomoni boʼlib, ular bir-birlarisiz yashay olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiydavlat sharoitida davlattasarrufida boʼlmaganerkin va teng huquqli individlarning oʼzaromunosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi. Bunday sharoitlarda jamiyatsohalariga xususiy manfaatlar va individualizmning erkinmunosabatlari qamrab olinadi. Bu kabi jamiyatningshakllanishi,uning rivojlanishi individlarningerkinlikka intilishi, ularningdavlatga tobe boʼlgan fuqarolikdan erkin mulkdor fuqarolarga aylanishi, oʼz shaxsiy hurmat-obroʼsinihis qila borishi, xoʼjalik va siyosiy masʼullikni oʼz zimmasiga olishga tayyor boʼlishi bilan bogʼliqdir.
Soʼnggi yarim asr ichida tarixiy rivojlanish tajribalari shuni koʼrsatdiki, huquqiy davlat unsurlari shakllanmasdan ilgari fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, huquqiy davlat qurish islohotlari fuqarolik jamiyati muhitidan oziqlanadi, davlat irodasi ham jamiyatdagi turli tuman manfaatlar va ehtiyojlar ifodalanishiga bogʼliq holda namoyon boʼladi. Shuningdek, huquqiy davlat sharoitidagi erkin raqobatbardoshlik natijasidagina oʼrta qatlam - mulkdorlar qatlamini shakllanishi uchun qulay shart-sharoitlaryaratiladi .
Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning oʼzigaxos jihatlari. Jamiyatni rivojlantirish, huquqiy davlatga asos solish, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor iqtisodiyotiga oʼtish, davlat hokimiyati organlarini tizimini nomarkazlashtirish natijasida fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sayin sotsial strukturalar ham takomillashadi, uning yangidan-yangi funktsiyalari paydo boʼladi. Fuqarolik jamiyati sharoitida sotsial strukturalarga tasnif berish ijtimoiy tuzilmasi toʼgʼrisidagi bilimlarnitahlil etishda unga doir kategoriyalar toʼgʼrisida tasavvurlarga ega boʼlish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun fuqarolik jamiyati klassik darajada rivojlangan Yevropa namunasidagi fuqarolik jamiyati kontseptsiyasining mohiyati nimada?, degan savolga javob berishga zarurat tugʼiladi.
Bu kontseptsiyada fuqarolik jamiyatining muhim mezoni sifatida erkin fuqarolik jamoalarning teng huquqli, avtonom va faol xatti-harakat qilayotgan individlarning mavjudligi yaqqol ajratib koʼrsatilgan. Fuqarolik jamiyati uchun eng muhim mohiyat kasb etuvchi jihatlar – bu alohida olingan individlar oʼz shaxsiy xohishlariga boʼysungan holda, «ijtimoiy manfatlardan» mustaqil holda shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib shunchaki oʼz oldiga qoʼyilgan maqsadlarga erishishga intilishni emas, balki oʼzining mavjud boʼlgan qonuniy manfaatlari va ehtiyojlarini chindan ham qondirishi hisoblanadi.
Bu soha, yaʼni «byurger» xususiy shaxs sifatida oʼzini oʼzi aniqlagan individuallik oʼz xohishlari va shaxsiy avtonomligini qondirishga qaratilgan oʼz talablarini ilgari surgan shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlarini amalga oshiriadi. Fuqarolik jamiyatida oʼzaro taʼsir va bogʼlanishlar shuning uchun hamijtimoiy (sotsial) kenglik deyiladiki, ular xususiy individ sifatida sotsial aktorlardan ham mustaqil ajralgan holda ham faoliyat yuritishi mumkin.
Gʼarb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi quyidagilardan iborat:
–jamiyatning asosiy birligi – siyosiy qaramlikdan holi boʼlgan, oʼz huquqlaridan foydalanishga qobil boʼlgan shaxs;
–turli tuman manfaatlarni ifodalash va amalga oshirish zaruriyati asosida shakllanadigan jamoat tashkilotlari va harakatlar;
–nodavlat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va institutlar (xususiy mulk, mehnat, tadbirkorlik va hokazo);
–davlatdan mustaqil boʼlgan ishlab chiqaruvchilar (xususiy firmalar va boshqalar);
–jamoat birlashmalari va tashkilotlari;
–saylovchilar uyushmalari, turli klublar va toʼgaraklar;
–munitsipal, yaʼni oʼzini oʼzi boshqarish organlari;
–taʼlim va tarbiyaning nodavlatsohasi;
–nodavlat ommaviy axborot vositalari;
–siyosiy partiyalar, qonun chiqaruvchi va vakillik organlari atrofidagi davlat bilan fuqarolik jamiyatini (bogʼlovchi boʼgʼin» sifatidagi) turli lobbi tashkilotlari;
–tadbirkorlar, fermerlar tashkilotlari, kasaba, isteʼmolchilar uyushmalari, ilmiy va madaniy tashkilotlar, sport jamiyatlari va boshqalar.
–oila; –diniy tashkilotlar va boshq. (3.1.-rasm).
Sotsial struktura ichidagi fuqarolik jamiyatining asosi - davlat va siyosiy tashkilotlarning barqarorligiga zaruriyat sezadigan oʼrta sirnf hisoblanadi. «Oʼrta sinf»ning vakillari yuqori darajada sotsial va iqtisodiy mustaqillikka ega boʼladi.Аristoteldan boshlab Russo va Gegelgacha boʼlgan barcha mutafakkirlar xususiy mulkni mustaqil fuqarolar yaratishdagi oʼrnini eʼtirof etgan.
Shuningdek, qator tadqiqotchilar fuqarolik jamiyatini rivojlanishiniquyidagi isbot talab qilmaydigan jihatlarini ajratib koʼrsatdi:
–fuqarolik jamiyati davlatgacha yoki davlatdan tashqarida mavjud boʼlmaydi;
–ayni davlat, qaysiki fuqarolik jamiyati uning chegarasi ichida mavjud boʼladigan davlat fuqarolarning farovonligi va ularning alohida maqsadlariga (agar bu maqsadlar qonunga xilof boʼlmasa) mansub jihatlarni himoya qiladi;
–fuqarolik jamiyati davlatdan fuqarolarning hayotini, sogʼligʼini, xavfsizligini va boshqa ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishni talab qilishga haqlidir;
–bir tomondan moddiy moʼl-koʼlchilikda yashayotgan, ikkinchi tomondan muhtojlikda turmush kechirayotgan oʼrtasidagi ziddiyatlarni yumshatuvchi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish majburiyati davlat zimmasiga klanadi;
–davlat oʼzining tashqi siyosati va mudofaa qudrati bilan fuqarolik jamiyatini yashashini taʼminlaydi.
Hozirgi davrda jamiyatshunos olimlar tomonidan fuqarolik jamiyatini strukturalashning uchta asosiy yondashuvini ilgari surdi: instituttsional, tizimli va sektorli. Ularni ichida instituttsional yondashuv kengroq tarqaldi. Bu yondashuv asosi sifatida tarixiy rivojlanish jarayonidaodamlarning sotsial xatti-harakatlari va sotsial aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadi zaruriyati sifatida paydo boʼlgan ijtimoiy hayot birligi (uyushmasi) sifatida shakllangan «sotsial institut» tushunchasi qabul qilingan. Bu tavsifga tayangan holda, institut sifatida ham bir butun holdagi fuqarolik jamiyatini, ham uni tarkibiy qismlarini alohida-alohida tarzda koʼrib chiqish mumkin. Bunda fuqarolik jamiyati bozor munosabatlari asoslari, demokratik davlat, asosan – davlatdan mustaqil ravishda yashash (avvalambor, moliyaviy) manbalari mavjud boʼlgan sotsial sinflar va qatlamlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlarning yaxlit tizimi sifatida namoyon boʼladi. Bu fuqarolik institutlarbir butun jamiyatga mansub boʼlgan, uning biron-bir qismi yoki tizim ostiga taalluqli boʼlmagan, balki uning rivojlanishining muayyan bosqichida turishi bilan ifodalanadigan institutlardir.
Instituttsional yondashuvning muhim tomoni shundaki, u fuqarolik jamiyatining u yoki bu manfaatlarni amalga oshirayotgan alohida olingan omillarini ajratish va tavsiflash imkonini beradi.
Shuningdek,fuqarolik jamiyatini strukturalashning tizimli yondashuvi ham oʼzining qator afzalliklariga egadir. Shuning uchun ham turli jamiyatga doir adabiyotlarda koʼpincha «struktura» tushunchasi «tizim» sinonimii sifatida ishlatiladi. Bu kabi nuqtai nazardan kelib chiqilsa, har bir mamlakatdagi fuqarolik jamiyati quyidagi tizimiy belgilarga ega boʼladi: u biron-bir sotsiallik turiga mansub (keng maʼnoda) boʼlib, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga boʼlinish, muayyan darajadagi suverenlik, ierarxiyalik, barqarorlik, rivojlanib va oʼzgarib borish, ochiqlik, turli moslashuvlar, organik birlik (yaxlitlik) vadifferentsyalashish kabi sifatlarga ega boʼladi.
Fuqarolik jamiyati oʼz ichiga qator ostki tizimlarni oladi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va maʼnaviy. Bu ostki tizimlarning funktsiyalaridan kelib chiqib ularning har biri doirasida alohida-alohida ravishda shakllanadigan fuqarolik jamiyatining uyushmalarini strukturalash mumkin.

3 .O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’lini – ya’ni, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tgandek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz… Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart».Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilingan qonunlar adolatli bo’lishi, o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi, og’ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. Chunki barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri – jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligining, Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligining ta’minlanganligidir. Shu bilan birga, Konstitusiya va qonunlarning provard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i lozim.

«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi».Konstitusiyaning 15 moddasiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar».

O’z faoliyatini Konstitusiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o’tilgan subektlarning konstitusiyaviy burchi hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin.Konstitusiyaning 16 – moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ – huquqiy hujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ – huquqiy hujjat konstitusiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim.Konstitusiyaga binoan qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjatning konstitusiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir.

Bu nazorat normativ huquqiy hujjatlar loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000 yil 14 dekabr. qabul qilingan qonuning 18 moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi».

Biroq bu borada demokratik tamoyilarni hayotga to’liq joriy etilishida ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.

Biroq bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to’liq joriy etishida ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolikjamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.

Fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o’ynaydi1. Er yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan. Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o’rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiritildi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarni himoya qilishni va munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir


.
Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling