Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga 2023-yil iyun oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobidan qoplab berish


Download 29.21 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi29.21 Kb.
#1757642
  1   2
Bog'liq
Ижара буйруқ 06 2023




Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga 2023-yil iyun oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobidan qoplab berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:

  1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish Komissiyasi”ning 2023-yil 12-iyundagi 10-sonli yig‘ilish Bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  1. Institutning ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  2. Institutning ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining yig‘ilish bayoni qarorlari asosida tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati va oylik ijara to‘lovi miqdori
    2- ilovaga asosan tasdiqlansin.

  3. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (R.Norliyev), Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti dekani (N.Abduraximov), Agrologistika va biznes fakulteti dekani (A. Avliyoqulov), Agrobiologiya fakulteti dekani (D.Jumanov), Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i (D.Xidirova) larga:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
605-sonli qarori ilovasida keltirilgan “Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablaridan kelib chiqib Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining 2023-yil 12 iyundagi 10- sonli yig‘ilish bayoni qarorlari ijrosini ta’minlash hamda fakultetlardan tavsiya etilgan talabalarning taqdim etgan hujjatlari Nizom talablariga to‘g‘ri kelishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
5. Institut bosh hisobchisi (N. Turopov) va Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i (R. Tursunov) larga:
- Institutning ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini 2023-yil iyun oyi uchun 2-ilovaga muvofiq to‘lab berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi yig‘ilish bayoni qarori asosida jami 221 nafar tavsiya etilgan talabalarga oylik ijara to‘lovining 50 foizini (bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 barobaridan oshmagan holda) davlat byudjetidan qoplab berish vazifasi yuklatilsin.
6. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (R.Norliyev) va fakultet dekanlariga:
- talabalarning ijarada turadigan joy manzili o‘zgarganda ushbu o‘zgarish bo‘yicha kerakli hujjatlarni institut buxgalteriya bo‘limiga yetkazib berib ogohlantirish vazifasi yuklatilsin.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Norliyev zimmasiga yuklatilsin.
Asos: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 11-iyundagi 87-01-614-son hamda Moliya vazirligining 05/12-32/665-son qo‘shma xati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori


Rektor v.b. A.Jurayev



Download 29.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling