2007 yil 23 yanvarda Prezident Islom Karimovning “Ijtimoiy himoya yili” Davvlat
dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
2007 yil martida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axolini ijtimoiy himoya qilish
tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbilar to’g’risida”gi farmoni
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash va ular uchun munosib
turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mantiqiy davomidir. 2007 yilda
O’zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larning
umumiy hajmi barcha byudjet harajatlarining 55 foizini tashkil etadi, bevosita kam tahminlangan
oilalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun esa byudjetning 9 foiziga yaqin qismi (460 milliard
so’m) sarflanadi (Jamiyat. 23 mart, 2007, №12.).
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida shaxsga qo’yiladigan talab ortib borganligi
sababli, kishilar ilm o’rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy texnika‚ texnologiyani
o’zlashtiradilar‚ kompg’yuter yoki tilni o’rganish choralarini ko’radilar. Bular shunchaki oddiy
bir istak bo’lmasdan, bugungi zamon talabi darajasidagi imkoniyatlar ochadi‚ erkin faoliyatni
tahminlaydi. SHu talablarga javob bera oladigan insonlar hayotda o’z o’rinlarini topib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |