Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
FUQAROLARNING O’ZINI O’ZI BOSHQARISH ORGANLARI
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
FUQAROLARNING O’ZINI O’ZI BOSHQARISH ORGANLARI
Fuqarolar yig’ini Fuqarolar yig’inining kengashi Fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar 82 Statistik ma’lumotlar va faktlar Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari vakolat muddati tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga, “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga hamda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq
2008 yilning
noyabrg’–dekabrg’ oylarida
mamlakatimizda fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi o’tkazildi. Uning natijalarini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, saylov tadbirlarida hovlilar, uylar, ko’chalardan jami 576509 nafar vakil 18 million nafardan ortiq saylovchi nomidan qatnashdi. Saylov 10124 ta fuqarolar yig’inida (2006 yilda ular 9941 ta edi), shu jumladan, 101 ta shaharcha, 1333 ta qishloq, 154 ta ovul fuqarolar yig’inida, 8536 ta mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tdi. Saylov natijasida fuqarolar yig’inlari raislarining (oqsoqollarining) va ularning maslahatchilarining sifat tarkibi yaxshilandi. Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) etib saylanganlar orasida oliy mahlumotlilar (asosan iqtisodchilar, yuristlar va pedagoglar) 6119 nafarga yetdi (60,4 foiz). Raislar (oqsoqollar) umumiy sonining 32,5 foizini yoki 3287 nafarini o’rta maxsus mahlumotlilar tashkil etadi. Fuqarolar yig’inlari raislari orasida xotin-qizlar ko’paydi: agar ular 2006 yilda 981 nafarni yoki 9,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich 1160 nafarga yoki 11,5 foizga yetdi. Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) etib saylanganlarning 4263 nafari (42,1 foizi) yoshi 50 ga yetmaganlar bo’lib, ularning 806 nafari (umumiy miqdorning 8 foizi) 40 yoshga to’lmagan shaxslardir.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling