Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
shakllardagi mulk tashkil etadi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat istehmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining ting huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi» 15 deb belgilab qo’yilgan. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan xulosaga kelganmiz. Barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat» 16 , - deb
ta’kidlagan. Erkin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo’lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xil bo’lishida o’z ifodasini topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti o’z mohiyatiga ko’ra ko’p ukladli iqtisodiyot bo’lib, unda turli mulk shakllari va xo’jalik ukladlarining teng huquqligi, muvozanatda bo’lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi tahminlanadi. Demokratik jamiyatga monand
demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin
bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o’z ifodasini topadi. 1) xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) hukumat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi (qarang: 9.1-chizma). 15 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2003. 11-bet. 16 Karimov I.A.. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O’zbekiston, 1998. 281-282-betlar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling