notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolotlari to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi
muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qonunni qabul qilishdan maqsad quyidagilarda ifodalanadi:
1.
NNTlarini yanada rivojlantirish;
2.
ularning mustaqil ish yuritishini ta’minlash;
3.
ularning chinakam mustaqilligini ta’minlash;
4.
ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
5.
ular faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish;
6.
ular faoliyatini moddiy-texnik jihatdan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini “uchinchi sektor” deb ham ataydilar. SHu o’rinda aytish
kerakki, “birinchi sektor” deyilganda davlat va “ikkinchi sektor” deyilganda tijorat sektori (yoki
shaxsiy sektor deb ham atashadi) nazarda tutiladi. Respublikamizda nodavlat notijorat
tashkilotlariga oid milliy assotsiatsiya uyushmasi mavjud.
Ma’lumki, har qanday tashkiliy tuzilmaning mohiyati va mazmuni u olib boradigan
funktsiyalar va faoliyat yo’nalishlarida yorqin ifodalanadi. Jamoat tashkilotlarining funktsiyalari
ham ularning jamiyat hayotiga nisbatan muayyan faoliyatni amalga oshirishlari orqali tahsir
ko’rsatishlarida namoyon bo’lishi shubhasiz.
80
Jamoat tashkilotlarda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning samarasi va
davomiyligini ta’minlash borasidagi faoliyatni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil etish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |