Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
Tashqi vazifasi o’z aholisini tashqi hujumlardan himoya qilish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individ
- Ijtimoiy munosabatlar
- 2005 yil 28 yanvarida Oliy Majlis
Tashqi vazifasi o’z aholisini tashqi hujumlardan himoya qilish.
Forobiy urushlarning ikki xilini aytadi: 1. Adolatli urushlar (Adolatsiz urushga qarshi olib boriladi). 2. Adolatsiz urushlar (Bosqinchilik urushlari). Forobiy davlat shakli masalasiga ham to’xtaladi. Taxt otadan bolaga meros bo’lib o’tishini qoralaydi. Davlat boshlig’i o’z lavozimiga mansub bo’lgan shaxs bo’lishini yoqlaydi. Uning fikricha, davlat boshlig’i har tomonlama yetuk bo’lishi kerak. Forobiy ana shu yakka hokimlik to’g’risida gapirar ekan, uning oldiga 12 talabni qo’yadi. Bular: 1) to’rt muchali sog’lom; 2) nozik farosatli; 3) xotirali; 4) zehni o’tkir, zukko; 5) fikri tiniq, so’zlari chiroyli; 6)mahrifatli; 7) tamoq, ichimlik, ayollarga nisbatan ochofat bo’lmasligi; 8) haqiqatgo’y; 9) nomusli, oriyatli, oliyhimmat bo’lishi; 10) boylikka qiziqmaydigan; 11) adolatparvar; 12) botir, ya’ni qo’rqoqlik va hadiksrashdan xoli bo’lishi darkor. Forobiy mana shu barcha xislatlarning bir odamda bo’lishi qiyin, bunday tug’ma qobiliyat kamdan kam odamlarda uchraydi va ular nodir insonlardir. Barkamol inson topilmay qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan 6 yoki 5 tasi kamol topgan inson ham aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi, deydi. Fozillar shahrida bunday odam yo’q bo’lganda ana shu imom yoki uning izdoshlari chiqargan qonun va tartiblarga amal qilinadi. Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan 7 Mustaqillik: Izoҳli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: SHarq, 1998. – 225-b. 8 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shaҳri. T.:A.Қodiriy nomidagi «Meros» nashriyoti, 1993, 186-bet. 32 xislatlar yoshlikdan shakllangan bo’lishi lozim. Keyingi imomda yana 6 ta fazilat hosil qilinishi zarur: 1) donishmandlik; 2) kuchli xotira; 3) yangi qonunlarni ixtiro qilish; 4) vaziyatni tez ilg’ab oladigan; 5) notiqlik; 6) harbiy ishlarga mohirlik, rahbarlik qilish. SHu xislatlarga ega bo’lgan shaxs topilmasa, 2 kishi birlashib fozil shaharga rahbarlik qilishi lozim, deydi. Hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy fanlarida «inson» deganda Yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri
tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Nomo sa’iens) vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman zotning yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ – inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biri. SHaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini tahminlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natajasida individning jamiyatdagi qadriyatlar va mehyorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi. Bu jihatdan yondashganda, u ijtimoiy tahsir ob’ektidir. SHuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga sub’ektga, kuchga aylanadi. Navoiy “ Hayratul abror” asarida komil inson haqida to’xtalib, dunyoda insondandan ulug’roq kamolat yo’q, deydi:” menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam ulsam, ushbu bastir”.
Komil inson insonlar jamiyatidan yetishib chiqadigan mo’htabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy-manaviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaro erkinligi, huquqlari va manfaatlari bosh mavzulardan biri bo’lib, uning huquqiy asoslari Asosiy qonun va boshqa normativ hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Prezident Islom Karimov mustaqillikning ilk davrlaridanoq mamlakatning strategik maqsadlarini aniq va ravshan belgilab berdi va davlat vakolatlarini asta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich nodavlat va jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tkazish, o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish orqali demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish zarurligini bayon etgan edi. Prezidentimiz I.Karimov mamlakatning siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishning yangi kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Bunga ko’ra: 1. Demokratik institutlar faoliyatlari ko’lamini kengaytirish. 2. Aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish. 3. Jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va ehtiqodiy raqobatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash. 4. Jamoat birlashmalarining ijtimoiy mavqeini oshirish. 5. Siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish. 6. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish. 7. Davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish. 8. Hokimiyat bo’linish printsiplarining insoniyat umumehtirof etgan tamoyillarini amalda qo’llash. 9. Davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini nodavlat va jamoat birlashmalariga o’tkazish va boshqalar. O’zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo’limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan. Unda 1) jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ehtiqodidan qathiy nazar, Hammaning qonun oldida tengligi ko’rsatilgan. 2) Sud qarorisiz uning huquqini cheklash mumkinmas. 3) Fuqarolar qonunga putur yetkazmasligi shart. 1992 yil 2 iyulda «O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I-qismi tasdiqlandi. 1996 yil 29 avgustda fuqarolik kodeksining 2-qismi tasdiqlandi. O’zbekiston qonunlariga ko’ra fuqarolarning asosiy huquqlariga: 1) SHaxsiy huquq va erkinliklar, 2) Siyosiy huquqlar, 3) Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, 4) Kafolatlar, 5) Fuqarolik burchlarini o’z ichiga qamrab oladi. 1948 yil 10 dekabrda «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» qabul qilindi. 1996 yil 19 33 dekabrda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt qabul qilindi. 1966 yil 19 dekabrda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt» qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda fuqaro erkinligi, kafolatlari, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi to’la tahminlanishi bayon etilgan. O’zbekiston hukumati inson huquqlari bo’yicha 21 ta xalqaro shartnomaga qo’shilgan. 1997 yil Inson manfaatlari yili deb ehlon qilindi. O’zbekiston inson huquqlari sohasida o’z siyosatini belgilashda 3 ta eng muhim tamoyildan kelib chiqadi: 1. Normativ va tashkiliy jihatlardan xalqaro tajribaning ustuvorligi. 2. Insonga homiylik qilishdek Vatanimiz tarixiy tajribasini hisobga olish. 3. Inson huquqlari bo’yicha xorijiy milliy institular tajribasini hisobga olish. Demak, bu masala «fuqaro-jamiyat- davlat» o’zaro munosabatlarini to’g’ri yo’lga soladi. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining muhim ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat. Avvalo, mamlakatda dunyoviy davlat tamoyillariga inson huquqlari va suvereniteti g’oyalariga sodiq bo’lish, demokratiya va ijtimoiy adolatni qaror toptirish, xalqaro huquqning umumehtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish, bu borada o’zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish, diniy tashkilotlar va birlashmalarni davlatdan ajratilganligi, qonun oldida tengligi va milliy totuvligini ta’minlash kabi bir qator qoidalarga amal qilish lozim bo’ladi. Lekin shu bilan birga Milliy davlatchilik va demokratik jamiyat qurish borasida huquqiy davlatni qaror toptirish lozim. Buning uchun fuqarolar siyosiy ongini faol oshirib borish ham zarur bo’ladi. Fuqarolar erkinligi, huquqlarining tan olinishi, burchlarga rioya etilishi va ularning fuqarolar tomonidan ijrosi tahmin etilgan bo’lishini talab qiladi. SHundagina “Fuqaro jamiyat davlat” o’rtasida o’zaro munosabatlar barqaror rivojlanishiga olib keladi. Prezident Islom Karimov mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurish masalasini mustaqillikning dastlabki yillarida, o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida ham asoslab bergan edi. Bu masala 2005 yil 28 yanvarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida qilgan mahruzasida ham yana bir bor ta’kidlab o’tildi: Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling