Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


Keng  mahnodagi inson huquqlari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/134
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#211535
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134
Bog'liq
Topics 7 - 12

Keng  mahnodagi inson huquqlari esa o’zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi

va turlarini ifodalaydi.

Barcha inson huquqlarini negativ va pozitiv yo’nalishlarga bo’lishga doir tasniflash keng

tarqalgan.  Mazkur huquqlarning  bu  kabi  bo’linishi  erkinlikni  negativ  va  pozitiv  jihatlarini

ifodalashga  asoslanadi.  Ma’lumki,  erkinlikning negativ  ahamiyati nuqtai  nazariga  binoan

shaxsga nisbatan majburlash va cheklashlarning  yo’qligi tushuniladi. Pozitiv  nuqtai  nazardan

esa  tanlash  erkinligi,  asosan, insonning  o’z  maqsadlariga  erishish  qobiliyati,  uning  individual

rivojlanishi  va  umuman,  uning  qobiliyatlarining  paydo  bo’lishi  tushuniladi.  Erkinliklarning

mazkur  bo’linishidan  kelib  chiqib,  negativ huquqlar  deganda,  davlat  va  boshqa  insonlarning

individga nisbatan u  yoki bu harakatlardan o’zini tiyib turishi tushuniladi. Bu huquqlar shaxsni

noxush  tahsirlardan,  uning  erkinligini  buzishi  mumkin  bo’lgan  aralashish  yoki  cheklashlardan

himoya qiladi. Bu huquqlar asos bo’luvchi, muhim va mutlaq huquqlar sirasiga kiradi. Mazkur

huquqlarni ta’minlash davlat  resurslari  yoki  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish

darajalariga bog’liq emas. Negativ huquqlar esa shaxs erkinligining asosidir.

Negativ huquqlardan  farqli  o’laroq,  pozitiv huquqlar  fuqaroga  uni  u  yoki  bu  nehmatlar

bilan ta’minlash,  uning  ma’lum harakatlarini  amalga  oshirishi  uchun  davlat,  shaxslar  va

tashkilotlar    majburiyatlarini  ifodalaydi.  Bu - masalan,  ijtimoiy  yordam  olish,  tahlim  olish,

sog’liqni saqlashni himoya qilish, munosib yashash darajasini tahminlanishi huquqlari kabilardir.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling