Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
Kasanachilik: 1) do’ppido’zlik; 2) tikuvchilik (ichki va ishchi kiyimlari, qo’lqop, chopon
singari; 3) pichiqchilik; 4) temirchilik; 5) gilamdo’zlik kabi hunarmandlik sohalaridir. Bu ro’zg’or ishlari bilan uyda band bo’lib qolgan erkak va ayollarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish tadbirlaridan biri. U ish beruvchi bilan shartnoma tuzgan kundanoq, mehnat daftarchasiga ega bo’ladi, o’z uyida ishlaydi va maoshni korxonadan oladi. Kasanachi to’laqonli ishchi bilan mehnatda, ijtimoiy imtiyozlardan to’liq foydalanishda ham teng huquqga ega bo’lgan shaxsdir. Kasanachilik davlat va shaxsga koni foyda tarmoqlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni aholini ish bilan bandligini ta’minlash borasida katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Kasanachilik mehnati turlari qatoriga zamon talablariga mos – qayta ishlash va elektron sanoati, telekommunikatsiya, servis hamda xizmat ko’rsatish tarmoqlari yumushlari ham kirib kelmoqda. 2007 yil boshidagi holatga ko’ra, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi 42,1 foizni tashkil etdi. Prezident Islom Karimov 2007 yil 12 fevralda ta’kidlaganidek, «Biz katta sarmoya talab qilmaydigan kasanachilikni yo’lga qo’yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalarni qo’lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berdik. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’ldi....”. “2007 yilning birinchi yarmida qo’shimcha 96,1 ming kishi kasanachilikning turli shakllari bilan qamrab olindi. Bu hisobot davridagi ish o’rinlari umumiy sonining 31 foizini tashkil qiladi. Korxona bilan kasanachi o’rtasidagi kooperatsiya aloqasining o’rnatilishi natijasida: 1) Kasanachi oilalar byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammo hal etildi. 2) Ish bilan band bo’lgan aholi sonini qisqartirib, uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini berdi. 3) Kasanachi faoliyati davri (agar u yakka tartibdagi kasanachi bo’lsa ham), ish staji hisoblanib, pensiya, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa olish huquqi bilan tahminlanadi. 4) Kasanachi o’z uyida huddi oilaviy pudratdek vaqtdan unumli foydalanadigan bo’ldi. Bu kasanachiga ham foida (barqaror daromad), korxonaga ham. 5) Kasanachi (ayniqsa, xotin-qizlar) uyda ham ishlab chiqarish bilan shug’ullanishi, ham muhim davlat ahamiyatiga ega masalalardan biri – farzandlari tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lish imkoniga ega bo’ladi 23 . Hozirgi paytda (2007 yil) respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda 24 .
vazifasi belgilandi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov “O’zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo’li o’z mohiyat 22 Xalқ so’zi, 2016 yil 16 yanvar. 23 Jamiyat gazetasi, 2007 yil 24 avgust. 24 Karimov I.A. Yangilanish va barқaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil ҳarakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 4-b. 56 ehtiboriga ko’ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy bog’lovchi bo’g’iniga aylandi”, 25 – deb ta’kidlaganlar. Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni tahminlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy- siyosiy barqarorlikni kafolotlovchi, iqtisodiy rivojlanishni tahminlovchi amalda o’rta mulkdorlar sinfi shakllanadi. Demokratik jamiyatga xos bo’lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishlarning birgalikda amalga oshirilishi tufayli O’zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy o’sish yo’liga o’tdi. BMT Bolalar jamg’armasi (YuNISEF) buyurtmasiga ko’ra markaziy va SHarqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi o’sishi 2002 yilda 1989 yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda Moldovada bu ko’rsatkich 38,4%, Rossiyada 64,3%, Qozog’istonda 85,6% ni tashkil etgan 26 . Mamlakatda iqtisodiy o’sishga erishganlik oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilishga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan xarajatlarning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 1997 yildagi 44,7 % dan 2003 yilda 46,1 % ga o’sgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahallalar berilayotgan bir oylik moddiy yordam miqdori 1996-2002 yillarda 13,6 barobarga, bolali oilalarning bolalariga berilayotgan nafaqaning o’rtacha oylik miqdori esa 20 barobardan ziyodga ko’paydi 27 . «Obod mahalla» yilida qabul qilingan dastur asosida 1 milliard 200 million so’mlik xayriya yordami ko’rsatilgan. Ikki yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa tayinlandi. SHuningdek, 180 mingta kam tahminlangan oilaga qariyb 14 milliard so’m miqdorida yordam ko’rsatilgan 28 .
tizimi qayta ko’rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz – so’m 2003 yil 15 oktyabrdan joriy to’lovlar bo’yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurishlishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o’zaro bog’liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling