Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
O’zbekiston Prezidentining
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
O’zbekiston
Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonining mazmun va mohiyati. O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bo’lib, mazkur farmon bevosita shunga bag’ishlangan. Dasturga ko’ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro’yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to’sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O’zR Prezidenti Faronlari va Qarorlari, hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat loyihalari ro’yxati tuzilgan bo’lib, ular tizimli asosda
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo’nalishlari ro’yobga chiqarilishini tahminlaydi. SHuning uchun ham bu farmonda quyidagilar belgilab berildi: 1) dan tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo’nalishlari ruyobga chiqarilishini tahminlaydigan qonun xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati tuzilishi aytilgan. 2) dan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo’yicha Qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilinganligi va amalda ro’yobga chiqarilayotganligi ta’kidlab o’tildi. 3) dan jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda mahmuriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzish belgilab berildi. 4) dan, ushbu farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitasi va idoralar, Qoraqalpog’iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nazorat ostiga olinishi aytib o’tilgan. 5) dan, Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish, davlat hokimiyati organlari va hukumatga kiritishda monitoring o’tkazish topshirildi. Umuman ushbu farmon mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning aniq ijobiy natijalarini his etish bayon etilgan. (Turkiston, 2005 yil 15 iyulg’). O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish iqtisodiy ustuvor yo’nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora- tadbirlar ko’rilmoqda: - tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash; 60 - iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash; - iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit va investorlar uchun kafolat yaratish; - ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta zahiralarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan yetakchi tarmoqlarga ustuvor ravishda yo’naltirish; - jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, dunyo iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga ahzo bo’lish uchun shart-sharoitlar yaratish. Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling