3. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari.
"Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" tamoyili fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
muhim sharti bo’lib, nodavlat va jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish kerak bo’ladi. Buning
uchun esa, davlat hokimiyati organlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish zarur. SHu boisdan
ham mustaqillik yillarida, ayniqsa 2000 yildan keyingi davrlarda 2006 yilgacha bo’lgan davrda
bu masala davlat siyosatining markazida bo’ldi.
1. Davlat qurilishi va boshqaquvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati
- mamlakat Parlamentining roli va tahsirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud
tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib, barqaror muvozanatga erishishdan iborat. Prezidentimiz
I.Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo’shma yig’ilidida
"Bizning
bosh
maqsadimiz
-
jamiyatni
demokratlashtirish
va
yangilash,
mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir" mahruzasida chuqur tahlil qilib berdi. Bunda: 1) Prezident
vakolatlarining bir qismini Senatga va hukumatga o’tkazish Konunchilik palatasini shakllantirib
uning huquqlarini kengaytirish; 2) Bosh vazir, mamlakat huqumatining rolini, mashuliyatini
kuchaytirish; 3) sud hokimiyatini mustahkamlash va erkinligini ta’minlash vazifalarini bayon
etdi. Mamlakatimizda davlat hokimiyatini erkinlashtirishda ikki palatali parlament barpo
etishdan maqsad: 1) parlament o’z vakolatlarini samarali amalga oshirish; 2) Qonunchilik
palatasi o’z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borish; 3) Senat asosan mahalliy
Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo’lishini ta’minlash; 4) aholining mamlakat
ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish lozim bo’ladi.
Mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko’zlaydigan "Kuchli davlatdan – kuchli
Do'stlaringiz bilan baham: |