«Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - tanlab olingan islohotlar va yangilanish yo’limizdan
orqaga qaytmaslik. Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda»
mahruzasida bayon qilingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot strategiyamizning asosiy
yo’nalishlarini amalga oshirishdir».
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - xalq turmushini yaxshilashdir, toki diyorimizda
yashayotgan har bir inson o’zi va oilasi misolida o’z farovonligi ortib borayotganini his qila
olsin.
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash,
mamlakatimizning xalqaro obro’sini oshirish. Xonadonimizdagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik
va totuvlikka nisbatan bo’layotgan har turli tahdid va xavf - xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor
turishdir».
Umuman, «Tadbirkorlik to’g’risida»gi (1995) qonunda ta’kidlanganidek, «Tadbirkorlik -
mulkchilik sub’ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar ishlab chiqarishga, xizmat
ko’rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati»dir.
Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
a) shaxsiy (xususiy) faoliyat;
b) yollanma mehnatni jalb qilib, amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
1
v) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo’shma
tadbirkorlik.
Barqarorlik dasturini ishlab chiqishda tanglik hodisalarining oldini olish, iqtisodiyotning
qay holatdaligini ifodalovchi mezon bo’lib, xizmat qiluvchi ko’rsatkichlarni yaxshilash,
tanglikka olib keluvchi ichki sabablarini o’rganish, uni bartaraf etish tadbirlarni amalga oshirish
kerak.
2006 yil 24 mayda “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga
qo’yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaror qabul
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |