Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi
“Kafolatlangan xavfsizlik”, “adolat
Download 421.06 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI
25. “Kafolatlangan xavfsizlik”, “adolat qo‘rg‘oni”, “o‘z bolangni o‘zing asra” tushunchalarning mazmuni va amalda qo‘llanilishi.
O’zbekistonda ko’p sonli greklar yashaydi, ular uchun munosib hayot kechirish kafolatlangan, - dedi u. - Ular respublika rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar. Shu bois mamlakatingiz turli millat va elatlar vakillari o’rtasidagi birdamlik va bir-birini to’g’ri tushunish nuqtai nazaridan boshqalarga namuna bo’lishi mumkin. O’zbekiston rahbariyatining uzoqni ko’zlagan siyosatni olib borayotgani tufayli mamlakatda xavfsizlik va barqarorlik kafolatlangan. AQShda faoliyat ko’rsatadigan Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni o’rganish markazi tomonidan «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» degan mavzuda 2015 yilda o’tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot yakunlariga ko’ra, O’zbekiston dunyodagi 141 ta davlat orasida ikkinchi o’rinni egallagani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ushbu fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini ostonada turgan qutlug’ sana - mamlakat davlat mustaqilligining 25 yillik yubiley bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Do’st O’zbekistonga bardavom tinchlik, farovonlik va taraqqiyot hamda suveren rivojlanish yo’lida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Bugungi yig‘ilishda faoliyatimizni yana bir bor tanqidiy tahlil qilganimiz sudning tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylanishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Sudda ishlarni sudyalik burchimiz buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli holda ko‘ramiz, eng asosiysi – qabul qilgan har bir qarorimiz qonuniy, asosli, odillik va insonparvarlik tamoyillariga tayangan bo‘lishi uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz. Shuningdek, bevosita Oliy sudda jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmlarga protest keltirilib, 11 nafar shaxs oqlandi. Ularning 2 nafariga nisbatan oqlov qarorlari Oliy sud Rayosati tomonidan qabul qilindi. Masalani viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Qashqadaryo viloyatida 29, Toshkent shahrida 16, Toshkent viloyatida 13, Surxondaryo viloyatida 7. Xorazm viloyatida 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5, Samarqand viloyatida 5, Andijon viloyatida 7, Farg‘ona viloyatida 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarildi. Boshqa viloyatlardan ham ana shunday misollarni keltirish mumkin. Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davrida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichlarida mahkumlar va ularning advokatlari taqdim etgan shikoyatlar asosida jinoyat ishlari ko‘rib chiqilib, 50 nafar shaxs oqlandi. Tergov organlari tomonidan ayblanib, sudlangan va joriy yilda oqlangan, reabilitatsiya qilingan shaxslarning 3 nafari sobiq hokim, 1 nafari prokuror, 10 nafari ichki ishlar va 1 nafari bojxona xodimi, 8 nafari tadbirkor, 14 nafari temir yo‘l, 5 nafari bank xodimi va 22 nafari vaqtincha ishsiz fuqarolardir. Ushbu sud qarorlari Oliy sud tomonidan o‘rganib chiqildi, mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha ayblovlar asosli dalillar bilan tasdiqlanmagani, taxmin yoki og‘zaki mish-mishlardan iborat ma’lumotlarga asoslangani bois oqlov hukmlari asosli chiqarilgan, deb topildi. Download 421.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling