Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi


Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish


Download 421.06 Kb.
bet30/63
Sana23.11.2023
Hajmi421.06 Kb.
#1795328
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI

33. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida harid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli qarori10 qabul qilindi.
YUritimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq11.
Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatni keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash kabi aholini ish bilan ta’minlash borasida izchil davlat siyosati amalga oshirib kelinmoqda. YUqoridagi vazifalarni hayotga samarali joriy qilish maqsadida har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Aholi bandligini ta’minlash dasturi ishlab chiqiladi.


Download 421.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling