Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi
CHuqur o‘ylangan o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
Download 421.06 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI
48. CHuqur o‘ylangan o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosati amalga oshirish
Har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumplanetar muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozaralar va muzokaralar ob’ekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondoshuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi Konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonun bilan kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi. Davlatning, xalqning oliy manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, xamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi asosiy qonunda belgilab berildi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, birinchi Prezident, mustaqilligimizning tashabbuskori, tashkilotchisi va rahnomasi I.A.Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosat davom etayotganligi davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. I.A.Karimov tamal toshini qo‘ygan va jahon mehvarida butun salohiyatiyu salobati va qudratini ko‘rsata bilgan O‘zbekiston davlati tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi ehtiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg‘or namunalari bilan boyitib borilmoqda. Demak, O‘zbekiston o‘zining yangi Prezidenti SH.M.Mirziyoev timsolida o‘tgan 25 yilda to‘plangan tarixiy tajribalarga tayangan holda uni yanada boyitish, takomillashtirish, rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali echishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Prezident SH.Mirziyoevning davlatlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilishda yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sayharakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi siyosatida muhim bosqich bo‘lishi shubhasiz. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakat strategiyasi O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi davrini boshlab beradi. Download 421.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling