Qadimgi davr siyosiy qarashlari
Download 108.14 Kb.
|
Siyosiy nazariyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy nazariyalar va qarashlar ( Qadimgi va O’rta asrlar, Uyg’onish va yangi davr).
- Qadimgi davr siyosiy qarashlari
Taqdimot tuzilishi: tutil varoq, reja, kirish (1 varoq), asosiy qism (10 varoq), xulosa (2 varoq), adabiyotlar ro'yxati (1 varoq) Jami 16 varoq. Rasmiylashtirish tartibi: Mavzuni ochib berishga oid asosiy ma'lumotlar, jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar va turli ko'rsatkichlar joy olishi kerak. Taqdimot birlamchi va ishonchlik ma'lumotlar asosida tuyyorlanichi va faqat informatsion ko'rinishda emas, tahliliy materiallarni ham qamrab olishi kerak. Faqat yozavli matnlar bilan to`ldirilmasin. Muddat: HEMIS platformasida 2023-yil 31-oktabr. Himoyasi: 2024-yil 8-13 yanvar Taqdimotning titul varog'i: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI KECHKI VA SIRTQI BO'LIM “Xalqaro munosabatlar” ta'lim yo'nalishi 1-kurs turk-ingliz guruh talabasi ALTEV ALI G'ANIEVNING SIYOSATSHUNOSLIK FANIDAN “Abu Rayxon Beruniy siyosiy qarashlari” mavzusidagi TAQDIMOTI Qabul qildi: Katta o'qituvchi, U.B.Biturayev TOSHKENT ~ 2023Siyosiy nazariyalar va qarashlar ( Qadimgi va O’rta asrlar, Uyg’onish va yangi davr).
Qadimgi davr siyosiy qarashlariQadimgi Misr, Bobil, Hindiston va Xitoy xalqlari siyosiy-huquqiy qarashlaridagi o‘ziga xos an’analar. Siyosiy-huquqiy qarashlar taxminan miloddan avvalgi 4 ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari bo‘lgan Sharq o‘lkalari – Misr, Mesopatamiya, Hindiston va Xitoyda paydo bo‘lgan. Sivilizatsiya insonlarning nafaqat oila, urug‘ yoki qabila tegrasidagi, balki davlat doirasida kechadigan madaniy hayoti, o‘zaro aloqalarini anglatadi. Buni goho submadaniyat deb ham atashadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, hukmronlik va bo‘ysunuvchilik munosabatlari, odamlarning siyosiy-huquqiy tasavvurlarida aks etib, bu tasavvurlar jamiyat sivilizatsiyalashuvi darajasining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Dastlabki siyosiy-huquqiy fikrlar barcha qadimgi xalqlarda, Sharqda ham, G‘arbda ham diniy negizdagi afsona va rivoyatlar ta’sirida shakllangan. Qadimgi xalqlardan misrliklar, bobilliklar (Dajla va Frot daryolari oralig‘ida yashagan aholi), xitoyliklar, hindlar, yahudiylar, forslar, greklar va rimliklar yerdagi tartiblarni koinot tartiblarining uzviy bir qismi va kelib chiqishi jihatidan ilohiydir, xudo uning bosh sababidir, deya talqin qilganlar. Bunday tafakkur tarzi uzoq davrlar mobaynida ijtimoiy-siyosiy ongda chuqur o‘rnashib, davlat, siyosatga oid g‘oyalarda ham o‘z ifodasini topgan.Download 108.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling