Qadimgi davr siyosiy qarashlari
Download 108.14 Kb.
|
Siyosiy nazariyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’rifatparvarlik davrida siyosiy g‘oyalarning taraqqiyoti
Fransuz mutafakkiri Jan Boden (1630–1596)ning qarashlari ham muayyan qiziqish uyg‘otadi. «Davlat to‘g‘risida olti kitob» asarida u birinchi bo‘lib davlat suvereniteti g‘oyasini ilgari surdi, davlat ilohiy tarzda kelib chiqmaganligini ta’kidlab, uning manfaatlari din manfaatlaridan ustun bo‘lishi lozimligini va vijdon erkinligi o‘rnatilishini targ‘ib etdi. Xullas, Uyg‘onish davri siyosiy ta’limotlari siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojining keyingi taraqqiyoti uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi.Fransuz mutafakkiri Jan Boden (1630–1596)ning qarashlari ham muayyan qiziqish uyg‘otadi. «Davlat to‘g‘risida olti kitob» asarida u birinchi bo‘lib davlat suvereniteti g‘oyasini ilgari surdi, davlat ilohiy tarzda kelib chiqmaganligini ta’kidlab, uning manfaatlari din manfaatlaridan ustun bo‘lishi lozimligini va vijdon erkinligi o‘rnatilishini targ‘ib etdi. Xullas, Uyg‘onish davri siyosiy ta’limotlari siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojining keyingi taraqqiyoti uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi.Ma’rifatparvarlik davrida siyosiy g‘oyalarning taraqqiyoti. Bunday siyosiy qarashlar keyinchalik Tomas Gobbs (1598–1679) qarashlarida rivojlantiriladi. Gobbs monarxiyani – hokimiyatning eng qulay shakli, deb hisoblaydi. Buni o‘zining «Leviafan» asarida insonlarning davlat paydo bo‘lgunigacha bo‘lgan davrdagi hayotini tasvirlab, unda «xaos» va «ixtilof»lar hukmron bo‘lganligini ta’kidlaydi . yoki bu hukmronlikni «hammaning hammaga qarshi urush» holati sifatida qayd etadi. «Ijtimoiy kelishuv»ga «xaos»dan chiqishdagi muhim yo‘l sifatida qaraladi. Gobbos monarxning asosiy vazifasi qonunni saqlay bilish, deb tushunadi. Angliya faylasufi J. Lokk (1632–1704) qarashlarida esa siyosatda fuqarolik konsepsiyasi ilgari suriladi. Lokk ta’limoti nisbatan real hayotga asoslanganligi bilan ajralib turadi va cheklangan monarxni o‘rnatishni yoqlaydi.U siyosiy fikr tarixida birinchilardan bo‘lib «shaxs», «jamiyat» va «davlat» tushunchalarining tahlilini beradi hamda shaxsni jamiyat va davlatdan yuqori qo‘yadi. Lokkning fikricha, inson tug‘ilganidan boshlab tabiiy huquqlarga ega bo‘ladi. «Hayot» yoki «yashash», «erkinlik» va «mulkka ega bo‘lish» huquqlarini ana shu huquqlar jumlasiga kiritadi. U xususiy mulkka ega bo‘lish huquqini quyidagicha asoslaydi. Birinchidan, xususiy mulkka ega bo‘lish insonning o‘zini va uning oilasining yashashi uchun zarur ehtiyojni ta’minlash uchun kerak, inson zarur narsalarga ega bo‘lgan taqdirdagina o‘zining rivojlanishiga alohida e’tibor berishi mumkin. Xususiy mulk mutlaq qadriyat emas, aksincha, erkin jamiyatga erishish vositasidir. Insonlar mulk jamg‘arishda erkin bo‘lishlari kerak. Ikkinchidan, mulkka ega bo‘lish insonning individualligi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat jamiyatga, jamiyat o‘z navbatida shaxsga bo‘ysunishi lozim. Davlat va jamiyat bir narsa emas, davlat hokimiyatining qulashi jamiyat rivojining tugaganidan dalolat bermaydi. Jamiyat yangi davlat hokimiyatini o‘rnatishi lozim. Davlat shaxs huquqlarini himoya qilish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi. U shaxsdan kuchliroq bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs jamiyatni, jamiyat esa davlatni tashkil etadi. Lokk qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati bo‘lishini yoqlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatga ustuvorlik beradi, chunki u davlatning siyosatini belgilaydi deb ko‘rsatadi.Download 108.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling