Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi


Ko’ppartiyaviylik- fuqarolik miyat barpo etishning muhim sharti


Download 421.06 Kb.
bet59/63
Sana23.11.2023
Hajmi421.06 Kb.
#1795328
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI

71.Ko’ppartiyaviylik- fuqarolik miyat barpo etishning muhim sharti
Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda saylov instituti va uni huquqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar alohida o‘rin tutadi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida», 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Viloyat, tuman, va shahar xalq deputatlari kengashiga saylovlar to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning saylov huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar negizida Oliy Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka asoslangan ilk saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamen­tarizmi tarixida yangi davrni ochib berdi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va siyosiy partiyalar takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qonunlar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg‘or mamlakatlar mezonlari talablari darajasidagi huquqiy asoslar kiritildi. Masalan, qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, partiyaga a’zolik, partiya faoliyatining kafolatlari, uning ustavini ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarining mujassamlashgani O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror toptirishda muhim o‘rin tutdi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining tadrijiy rivoji shundan dalolat bermoqdaki, mustaqillik yillarida mamlakatda demokratik saylovlarning huquqiy asoslari yaratildi va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar hayotda o‘z ifodasini topmokda. Shu bilan birga, saylov kampaniyalari davri siyosiy partiyalar uchun siyosiy kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatlari yuksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil 27 yanvarida o‘tkazilgan referendumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ikki palatali parlament tizimiga o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish to‘g‘risidagi qaror mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi sahifani ochib berdi. Uning natijalariga binoan Oliy Majlisning VIII sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konsti­tutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida «O‘zbe­kiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tartibini, vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini aniqlab berdi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida hoki­miyatlar o‘rtasidagi muvozanatning tashkil etilishi ta’minlandi. Qonun chiqaruvchi vakillarning nafaqat mas’uliyati, balki professional darajasi oshdi. Hududiy manfaatlar va ularning aniq himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol va ma’muriy usulidan o‘zaro teng hamkorlik mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati ustidan deputat nazorati qonunga muvofiq o‘rnatildi. Senator va deputatni chaqirib olish, ayni paytda, uning maqomi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.

Download 421.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling