Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi
”Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi
Download 421.06 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI
74.”Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi. Fuqarolik jamiyatining institutlari - o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarini mustahkamlash hamda rivojlantirish yoshlarning siyosiy madaniyatini, faolligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini erkinlashtirish, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish vazifalarini amalga oshirishda har bir yoshning jamiyatda o‘z o‘rni bo‘lishini bilish, eng muhimi, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb, tushunishi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z mas’ulligini anglashga erishishda mavjud demokratik institutlar, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. Chunki, jamiyatda yashayotgan har bir yoshning ijtimoiy-siyosiy faoliyati mavjud siyosiy institutlar, partiyalar yoki nodavlat va jamoat tashkilotlari orqali amalga oshiriladigan demokratik siyosiy jarayonlarda aks etadi. Bu, bir tomondan, yoshlarning siyosiy faollik darajasiga, ularning siyosiy qarashlarini idrok etib, uning ishtirokiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatdagi mavjud o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining ish faoliyatiga, yoshlarni o‘z atroflariga birlashtiradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun muhim qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog‘liq muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mustahkam institutni shakllantirish — ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Download 421.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling