32. Soliq yukini kamaytirish. Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish.
Soliq yuki 2018-yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017-yildagi soliq summasiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi. Misol uchun, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan, kadastr qiymati 321,2 million so‘mni tashkil etadigan hovli-uy uchun 2018-yil 429,1 ming so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanishi lozim edi. Lekin 2017-yilda ushbu mulk uchun soliq summasi 134,4 ming so‘mni tashkil qilgani uchun 2018-yilda soliq miqdori 161,3 ming so‘mgacha hisoblanadi, ya’ni ushbu summa o‘tgan yildagiga nisbatan 20 foizdan oshmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega bo‘lgan fuqarolarga – jismoniy shaxslarga bankrotlik qo‘llanilishi belgilanib, bu borada Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga, Soliq kodeksining 62-moddasiga hamda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Seminarda tadbirkorlarning savollariga mutasaddi xodimlar tomonidan javob berildi. Ishtirokchilarni o‘ylantirayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi. Ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.Bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish va eksport-import sohasini tartibga solish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:
bojxona chegarasidan tovarlarni o‘tkazish tartiblari va tizimini qayta ko‘rib chiqish;
ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq milliy bojxona rejimlarini qayta ko‘rib chiqish;
mamlakat hududidagi bojxona postlari, terminallari va omborlarini ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlash;
bojxona rasmiylashtiruvida ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish va muddatlarni keskin qisqartirish maqsadida «yagona darcha» tamoyilini keng joriy qilish nazarda tutiladi.
Bojxona qonunchiligini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |