Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


 Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (1995). Ye


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

3. Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (1995). Yevropa – Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati,

2000 yil oktyabrg’ oyida Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya va Tojikiston mustaqil

davlatlari rahbarlari imzo chekkan SHartnoma asosida tuzilgan xalqaro takshkilot. 2005 yil 6-7

oktyabrg’ kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Sankt-Peterburg shahrida

O’zbekistonning  YevrAzES tashkilotiga kirishi haqida kelishdi. SHu masala bo’yicha 2005 yil

14-15 noyabrda Moskva uchrashuviga bordi. I.Karimovning taklifi bilan YevrAzES va bungacha

bo’lgan «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti ayni bir xil maqsad hamda vazifalarni o’z

oldilariga qo’yganini ko’zda tutib, bu ikki tashkilot birlashtirildi, faoliyati osonlashtirildi,

xarajatlar kamaytirildi. YevrAzES – iqtisodiy hamkorlikning yangi sharoitlarda yangi shakl va

yangi yo’llarini topishning ijobiy misollaridan biri ekanligi ma’lum bo’lmoqda. Masalan,  2006

yil davomidayoq boj tariflarini unifikatsiyalash, uchinchi mamlakatlardan kiritilayotgan

mahsulotlarga bosh olish masalalari hozirning o’zidayoq 60 foizga bajarilgan. Undan tashqari,

fuqarolarning davlatlararo vizasiz yurishi, oliy o’quv yurtlariga qabul, oliy ma’lumot va ilmiy

daraja hamda ilmiy unvon to’g’risidagi diplomlarni tenglashtirish kabi muhim masalalar hal

qilindi va bu qadamlar integratsiya munosabatlarining chuqurlashishiga va tezlashishiga olib

keladi. Dastlab Yevroosiyoga ahzo davlatlarning manfaati, potentsali bir xil emasdi: Rossiya 48,

Qozog’iston, Belorus 20 foizdan, Tojikiston, Qirg’iziston 10 foizdan iborat ovozga ega bo’lgan.

EvrAzESning shakllanishi, SHanxay Xamkorlik Tashkilotining faolligi, bu Tashkilotga

Hindiston, Eron, Pokiston va Mongoliyaning kirishga intilishi va boshqa o’zgarishlar

Yevroosiyo qthasida integratsion

jarayonlar kuchayotganidan darak beradi. Bu esa hozirgi

zamonning iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy muammolarini  yechishning samarali

yo’llaridan biridir.

EvrAzES davlatlari rahbarlarining 2006 yil 25 yanvarda navbatdagi sammitida O’zbekiston

Respublikasi YevrAzES ahzoligiga rasmiy ravishda qabul qilindi.

2006 yil oktyabrida Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati 17-yig’ilishi:

1) Yagona bojxona ittifoqini yaratish.

2)  Yevrosiyo  iqtisodiy hamjamiyatining umumiy  energetika  bozorini  shakllantirish

masalalarini ko’rib chiqdi.

2007 yil 19 noyabrda Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida Siyosiy tadqiqotlar

markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo

vazirligi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo taranskontinental transport ko’prigi: salohiyat va

taraqqiyot istiqboli” mavzusida xalqaro konferentsiya o’tkazildi. Bu anjumanda Markaziy,

Janubiy-SHarqiy Osiyo, MDH, Yaqin, O’rta va Uzoq SHarq, Yevropa mamlakatlari ekspertlari

hamda BMT, SHHT, YevrAzES, ESKATO (BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va

ijtimoiy komissiyasi) kabi xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashdi. Rossiya, Xitoy, Yaponiya,

Hindiston, Pokiston, Frantsiya, turkiya, Latviya, Eron, AQSH va Qozog’istondan kelgan

ekspertlar o’z fikrlarini bildirdi.

Markaziy Osiyoning jahon jurofiyasidagi o’rni, uning transport-tranzit salohiyati yuksak.

SHu sabab mazkur konferentsiyada quyidagi mulohazalar ehtiborga qaratildi. Markaziy Osiyo

davlatlari uchun transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish iqtisodiy, jug’rofiy va strategik

jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, Buyuk Ipak yo’li: Yevroosiyoda SHarq-G’arb

(Osiyo va  Yevropa) yoki Janub-SHimol (Hind okeani, Fors ko’rfazi, Rossiya va Boltiqbo’yi

mamlakatlari) yo’nalishi bo’yicha davom etadi. Yaponiya hukumati «Toshguzar-Boysun-

Qumqo’rg’on temir yo’lini barpo etish uchun 150 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli

kredit berdi. Qurilajak «Andijon-O’sh-Qashqar» avtomobilg’ yo’li Markaziy Osiyodan Xitoyga

chiqish imkonini beradi.  “Saraxs-Tejan-Mashhad” temir yo’li Eronning Fors ko’rfazidagi

bandargohlariga yo’l ochadi. 2003 yili Tehronda O’zbekiston, Eron va Afg’oniston Prezidentlari

“Transafg’on» yo’lini barpo etishga qaratilgan xalqaro transport yo’nalishlari to’g’risidagi

bitimni imzolagan edi. Bu loyiha «Toshkent-Termiz-Mozori sharif-Hirot” yo’nalishi bo’ylab




46

Erondagi Bandar Abbos va CHohbahor portlariga chiqish imkonini beradi. Buning  uchun

narkotrafik kabi transmilliy illatlarga birgalikda kurashish lozimligi aytildi.

Dengiz transportiga ortilgan yuk Januiy-SHarqiy Osiyodan  Yevropaga o’rtacha 30-35

kunga  yetib boradi. Janubiy-SHarqiy Osiyodan  Yevropaga quruqlik orqali borish – bir

manzildan ikkinchisiga vagon yoki avtomobilga ortilgan yukni yetkazish uchun 10-12 kun

ketadi (Bunda tashilayotgan yuk ishlab chiqaruvchidan to’g’ridan-to’g’ri istehmolchiga borib

tushadi). Temir yo’lning qulayligi vaqt va mablag’ talab qilsada, qisqa muddatda o’zini oqlaydi,

yoqilg’i kam sarflanadi. Hozir O’zbekiston hududi orqali 20 ta xalqaro transport yo’li o’tgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida avtomobilg’ yo’lining uzunligi 320 ming, temir yo’llariniki 20

ming, neftg’-gaz quvurlariniki 40 ming kilometrdan oshadi. Mintaqamiz davlatlarida yuzdan

ziyod aeroport bo’lib, ularning 20 tasi Xalqaro havo darvozasi sanaladi. Yillik yuk  tashish

ko’rsatkichi  4  milliard  tonnaga  yaqin (Boboev  A.  Markaziy Osiyoning transport-tranzit

salohiyati. “Xalq so’zi”, 2007 yil 21 noyabrg’).




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling