Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


 «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

2. «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti (2002).  1994 yil 10 yanvarda Toshkentda

O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to’g’risida

SHartnoma imzolandi.  1994 yil 16 yanvarda Qirg’iziston ham bu shartnomaga qo’shildi.  1994

yil 30 aprelda O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon barpo

etish to’g’risida shartnomaga Tojikiston respublikasining qo’shilishi to’g’risida protokol,

mintaqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirish to’g’risida 4 davlat rahbarlarining bayonoti

qabul qilindi.  1997 yil 10 yanvarda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston Davlatlararo

kengashida imzolangan Abadiy do’stlik to’g’risidagi shartnoma esa o’zro integratsiyani yanada

jadallashtirdi.  1998 yil 26-28 martda Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston

o’rtasidagi imzolangan Yagona iqtisodiy makon barpo etish to’g’risidagi SHartnomaga

Tojikiston ham qo’shildi.  2002 yilda «Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati» negizida

«Markaziy Osiyo hamkorligi»  (MOH) tashkiloti tuzildi. Bu tashkilotning maqsad va vazifasi

barcha ahzo davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika zahiralaridan unumli

foydalanish, transport tizimining umummintaqaviy tuzilmasini barpo etish, ishlab chiqarish

kooperatsiyasi

va

savdo-iqtisodiy,



ijtimoiy-madaniy

munosabatlarni

har

tomonlama



rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda hal qilish va barkarorlikni mustahkamlash kabi

muhim yo’nalishlar belgilab olingan edi. Lekin bu tashkilotni rivojlantirishda ayrim milliy

manfaatlarning umummintaqaviy manfaatlardan ustun qo’yilishi birgalikda qarorlar qabul

qilishda to’sqinlik bo’lib keldi.  2005 yil 6-7 oktyabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-

Peterburg shahrida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining

navbatdagi uchrashuvida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti Markaziy Osiyo umumiy

bozorini barpo etish kontseptsiyasi loyihasini ko’rib chikdi.

2002 yil 28 fevralida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida tashkil etilgan

«Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti o’zining qisqa tarixida talay ishlarni amalga oshirdi.

Uning maqsad va vazifalari sifatida barcha ahzo davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda

suv-energetika zahiralaridan

unumli


foydalanish, transport

tizimining umummintaqaviy

infratuzilmasini barpo etish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy

munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda hal etish,

xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni faollashtirish kabi muhim

yo’nalishlar belgilab olingan edi.  2005 yil 6-7 oktyabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-

Peterburg shahrida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining

navbatdagi uchrashuvi - sammiti  Yevroosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilish nuqtasi

bo’ldi. O’zbekiston rahbarining tashabbusi bilan  Yevroosiyo makonida iqtisodiy integratsiyani

rivojlantirish va taraqqiyotni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Markaziy Osiyo hamkorligi»

tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EOIX) negizida yangi YeOIHni shakllantirish


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling